Muallif: G‘aybullayeva L.S.
Chop etilgan yil: 2024
Nashriyot: Falsafa va huquq jurnali
Chop etilgan shahar: Toshkent
G‘aybullayeva L.S. Jamiyatda yoshlar falsafiy tafakkurini oshirishda mahallaning o‘rni // Falsafa va huquq. Ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy falsafiy-huquqlari jurnal. –Toshkent, 2024. –№ 1.–Б.151-154. (09.00.00; №15).
Har bir jamiyat o'zining muayyan taraqqiyot yo'lini belgilab olishida taraxan rivojlanib kelgan ijtimoiy institutlarga tayanadi. Mana shundan institut sifatida bir necha asrlardan buyon xalqimizning hayotida chuqur iz qoldirgan mahalla tizimi o'zining noyobligi bilan ajralib turadi. Mahallada yoshlar faolligini oshirishda kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirish, islohotlar taqdiri va samaradorligi qanday intellektual kuchlarga bog‘liqligini chuqur o'rganish lozim. Chunki har tomonlama bilimli, ma'naviyatli, barkamol avlodni tarbiyalash davlatimiz faoliyatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lib kelgan va shunday bo'lib kelmoqda. Keyingi yilarda ilm-fanda yoshlar faolligini oshirishning nazariy-fundamental, amaliy-metodologik asoslarini takomillashtirishga qaratilgan ko'plab tadqiqotlar olib borilmoqda. Xususan, mahallada yoshlar faolligini oshirishda, ma'naviy-intellektual qadriyatlar tizimini yuksaltirishning samarali texnologiyalarini ishlab chiqish, ularning faol harakat komponentlari klassifikatsiyasini ishlab chiqishga doir ilmiy izlanishlar shular jumlasidandir. Shu bilan birga, milliy manfaatlar tizimidan kelib chiqqan holda, yoshlar faolligini yuksaltirishning xalqaro standartlarini joriy etish hamda yoshlar hayotiy faoliyatining sifat ko'rsatkichlarini belgilash darajasining falsafiy jihatlarini tadqiq qilish zaruriyatini saqlab qolmoqda.