Muallif: G‘aybullayeva L.S.
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
Chop etilgan shahar: Toshkent
G‘aybullayeva L.S. Jamiyatda yoshlar siyosiy faolligini oshirishda mahalla institutining falsafiy mohiyati // O‘zMU xabarlari. –Toshkent, –2023.–№1/2. –Б. 90-92. (09.00.02; №14).
Jamiyatda har bir fuqaroning siyosiy faolligini oshirishda mahalla deb atalgan ijtimoiy institut alohida o‘ringa ega bo‘lib, o‘sib kelayotgan yoshlarning ongida falsafiy tafakkurni rivojlantirishda o‘zining o‘rniga ega. Maqolada yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarni shakllantirishga ta’sir etuvchi falsafiy omillar, ularning siyosiy bilimi va ongi, siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha mahalla institutining falsafiy mohiyatiga doir taklif va g‘oyalar keltirilgan.
Yoshlarning jamiyatda siyosiy faollik darajasining oshib borishi bu davlat islohotlarining jadallik bilan amalga oshib borayotganligini ko‘rsatadi. Bunda jarayon yoshlarning siyosiy tafakkuri, siyosiy ongining o‘sishiga, ijtimoiy munosabatlar tizimida mahalla instituti bilan hamkorlik aloqalarini kuchaytirishga keng yo‘l ochadi. Yangi O‘zbekistondagi yoshlarning siyosiy faol qatlam sifatida faoliyat olib borishida davlat tomonidan yaratilib berilayotgan keng imkoniyatlar muhim ahamiyatga ega bo‘lib hisoblanadi. O‘zbek yoshlari bugun siyosiy faollik assoida davlat boshqaruvida, mahallalardagi yetakchi lavozimlarda ishlashi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda. Bu masalalar maqolada zamonaviy tarzda ilmiy tadqiq etilib, falsafiy tomondan o‘rganilgan.
Kalit so‘zlar: yoshlar, siyosiy faollik, fuqarolik jamiyati, fuqarolik jamiyati institutlari, oila, ta’lim, siyosiy partiyalar, ijtimoiy institutlar, ommaviy axborot vositalari, siyosiy madaniyat.