Muallif: SamDCHTI
Chop etilgan yil: 2023
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Kadirov T.R. Koreya turkiyshunoslik taraqqiyotining ijtimoiy-madaniy asoslari // Tillar tadqiqi va ta'limining dolzarb masalalari.. – Samarqand: SamDCHTI, 2023. – B. 182–184.
Annotatsiya: Ushbu maqolada Koreya turkiyshunoslik taraqqiyotining ijtimoiy-madaniy asoslari yoritilgan bo’lib, Sharqning ilk turkologiya sohasidagi qadamlari yoritib berilgan.
Kalit so’zlar: turkologiya, “Afrosiyob devoriy sur’atlari”, Min sulolasi, “Koktan” til markazi.
Buyuk ipak yo’lining chorrahasida joylashgan O’zbekiston diyori va unga tutash hududlar, butun dunyo ahlini rom etib, yashagani tarixiy haqiqat. Bu haqda Xitoyning ko’plab orientalistikasi, turkologiya va islomshunosligiga doir tadqiqotlar, tarixiy- ilmiy ma’lumotlar, manbalar, faktlar bisyor. Nima uchun fan texnikasi, madaniyati rivojlangan, O’zbekistonda Inxa, Yoju, Aju, Pucheon kabi oliygohlarni ochib qo’ygan, Koreyani har tomonlama, madaniy-ma’rifiy, adabiy-ilmiy va ijtimoiy-tarixiy jihatdan o’rganmasligimiz kerak? Shu jihatdan qaraganda, ushbu maqolamiz har ikki sharq davlatlari o’rtasidagi adabiy-madaniy tajribalarini o’rganishda dolzarbdir. Tarixsiz kelajakni tasavvur qilish qiyn. Uzoq yillar davomida Janubiy Koreyada subyektiv fikrlar hokim bo’lib, Navoiyning shaxsiyati, ijodi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati Koreys turkiyshunosligida qay darajada o’rganilganini bilish uchun ham ushbu maqola muhim hisoblanadi. So’gdiylar, Temurzodalar yurti ko’hna Turkistonga Koreyslar barcha davrlarda qiziqib kelgani haqiqat. O’rta Osiyoning sahroyu cho’llarida, koreys yarim oroli davlatchiligida muhim ahamiyat kasb etgan “Koguryo” davlati elchilari sarson kezgan.