Muallif: SamDCHTI

Chop etilgan yil: 2025

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Kadirov T.R. Koreys-o'zbek adabiy aloqalarining yangi bosqichi // Tilshunoslikda lingvodidaktika, lingvofalsafa hamda tarjimashunoslik jarayonlashuvi: Хalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Samarqand: SamDCHTI, 2025. – B. 103–105.

Har ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlik so‘nggi yillarda yangi sifat bosqichiga ko‘tarilmoqda. Bunda O‘zbekiston va Koreya Respublikalari davlat rahbarlari Shavkat Mirziyoev va Yun Sok Yol tomonidan ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy- gumanitar hamkorlik borasida ilgari surilayotgan qator tashabbuslarning ahamiyati ulkandir. Buning yaqqol dalili sifatida O‘zbekistonda muntazam ravishda Koreya Respublikasining madaniyat kunlari o‘tkaziladi. Mamlakatimiz aholisi koreys filmlari, kuy va qo‘shiqlari, kitoblari bilan tanishadilar. 2017 yilda O‘zbekistonda koreys millatiga mansub fuqarolarning istiqomat qilayotganligining 80 yilligi keng ko‘lamda nishonlandi. O‘zbekistonda koreys tili, madaniyati, adabiyoti, tarixiga bo‘lgan qiziqish kundan-kunga o‘sib borayotganini ham aynan shu bilan izohlash mumkin. 

2026-06-20 10:18:13 | ko'rishlar soni: 61 | Yuklab olindi: 22-marta