Muallif: Boboyev U., Mustofoqulov F.
Chop etilgan yil: 2026
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60230100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (fransuz tili) yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida har tomonlama malakali kadr sifatida tayyorlash, ularda til ko‘nikmalari bilan bir qatorda, mamlakatimizning boy tarixi va turizm salohiyati haqidagi bilimlarni egallash, talabalar egallagan bilim va ko‘nikmalarini integrallashgan holda amaliyotga moslashtirib rivojlantirishdir. O‘zbekistonning boy tarixi, O‘zbekiston hududida joylashgan tarixiy va turizm obyektlari, O‘zbekistonning turizm salohiyati va sohadagi erishilgan yuruqlar va kamchiliklar haqida batafsil ma’lumot berishga mo‘ljallangan. Ushbu o‘quv qo‘llanma, talabalarda fransuz tilidagi turizm sohasiga oid leksikani shakllantirish, O‘zbekistonning tarixi, madaniyati va turizm sohasiga oid bilimlarni puxta egallashlariga xizmat qiladi. O‘quv qo‘llanma tarkibiy jihatdan 15 ta tematik mavzulardan iborat bo‘lib har bir mavzu yakunida ushbu mavzuni mustahkamlash uchun teslar, savol va topshiriqlar va lug‘atlar berilgan.