Muallif: Boltakulova G., Xamrayeva Z., Farhodova Sh., Yarqulova D., Po`latov B.
Chop etilgan yil: 2026
Nashriyot: SamDCHTI
Chop etilgan shahar: Samarqand
Boltakulova G., Xamrayeva Z., Farhodova Sh., Yarqulova D., Po`latov B. Mukammallashgan til ko‘nikmalari / Продвинутые языковые навыки / Advanced language skills.
Annotatsiya
Mazkur o‘quv qo‘llanma 60111800 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalarga mo‘ljallangan. O‘quv qo‘llanmaning asosiy maqsadi talabalarni zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida har tomonlama malakali kadr sifatida tayyorlash, ularda til ko‘nikmalari bilan bir qatorda, pedagogik mahoratni shakllantirish, talabalar egallagan bilim va ko‘nikmalarini integrallashgan holda amaliyotga moslashtirib rivojlantirishdir. O‘quv qo‘llanma tarkibiy jihatdan 3 qismga bo‘lingan bo‘lib, har bir modul o‘zining oldiga turli vazifalarni qo‘ygan. "Turli yosh guruhlariga taʼlim berish" modulida talabalar xorijiy tilni oʻqitishning usullari va yondashuvlarini, oʻquvchilarning psixo-fiziologik va yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda oʻrganadilar. Bundan tashqari, talabalar o'quv materiallarini o'rganuvchilarning yosh xususiyatlariga moslashtirish kompetensiyasini rivojlantiradilar. "Maxsus maqsadlar uchun ingliz tili" modulida talabalar xorijiy tilni maxsus sohalarda o'qitish usullarini, talabalar ehtiyojlarini o'rganish va tahlil qilishni, maqsadlarni belgilashni va yaratilgan dastur asosida ta'limiy yondashuvlarni aniqlashni o'rganadilar. Keyingi modul - "Ilmiy ish yozish". Modulning asosiy maqsadi talabalarga bitiruv malakaviy ishlarini yozishda yo'l-yo'riq ko'rsatish, ilmiy ishni boshlash bosqichlarini, yozuv uslublaridan to'g'ri foydalanishni va ilmiy matnni tahrir qilishni o'rgatishdan iborat. Bitiruv malakaviy ishlarining mavzulari talabaning qiziqishi va sohasiga asoslangan holda ilmiy rahbar tomonidan belgilanadi. . Bundan tashqari, har bir modul nazariy ma’lumotlar va talabalar bilimini mustahkamlashga mo‘ljallangan savollar va mashqlardan iborat bo‘lib, undagi videoroliklar elektron tarzda ilova qilinadi.
Аннотация
Данный учебник предназначен для студентов, обучающихся по образовательной программе 60111800 – Иностранный язык и литература (английский язык). Основной целью учебника является подготовка студентов как высококвалифицированных специалистов с использованием современных образовательных технологий, развитие не только их языковых навыков, но и педагогической компетентности. Учебник направлен на интеграцию знаний и умений, приобретённых студентами, а также на их адаптацию и дальнейшее развитие для практического применения.
Учебник состоит из трёх разделов, каждый из которых предусматривает выполнение конкретных задач. В модуле, посвящённом обучению учащихся различных возрастных групп, студенты изучают подходы и методы преподавания иностранного языка с учётом психофизиологических и возрастных особенностей обучающихся. Кроме того, у студентов формируется компетенция адаптации учебных материалов в соответствии с возрастной спецификой учащихся.
В модуле «Английский язык для специальных целей» студенты изучают методы преподавания иностранного языка в специальных областях, а также анализ потребностей обучающихся, постановку целей и определение подходов к обучению на основе разработанной программы.
Следующий модуль — «Научное письмо». Основная цель данного модуля заключается в руководстве студентами при написании выпускных квалификационных работ, обучении этапам начала научного исследования, правильному использованию стилей письма и редактированию научного текста. Темы выпускных квалификационных работ определяются научным руководителем с учётом интересов и направления подготовки студента.
Кроме того, каждый модуль включает теоретический материал и упражнения, направленные на закрепление знаний студентов. Видеоуроки также будут предоставлены в электронном формате.
Abstract
This textbook is designed for students studying in the 60111800 – Foreign Language and Literature (English) programs. The main goal of the textbook is to prepare students as highly skilled professionals using modern educational technologies, developing not only their language skills but also their pedagogical expertise. It aims to integrate the knowledge and skills acquired by students, adapting and further developing them for practical application. The textbook is divided into three parts, each of which sets specific tasks. In the module teaching different age groups, students learn the approaches and methods of teaching a foreign language, considering psycho-physiological and age characteristics of students. In addition, students develop the competence of adapting educational materials according to learners age specifics. The module English for specific, students learn the methods of teaching a foreign language in special fields study and analysis of students' needs, setting goals and defining teaching approaches based on the created program. The next module is Research writing. The main purpose of the module is to guide students in writing graduate theses, to teach the stages of starting a scientific work, the correct use of writing styles and editing of a scientific text. The subjects of the graduation thesis are determined by the academic supervisor based on the student's interest and field. Additionally, each module includes theoretical content and exercises aimed at reinforcing the students' knowledge. Video tutorials will also be provided electronically