Axborot-resurs markazi yangiliklari!
Hurmatli professor-o’qituvchilar va talabalar ARM markazining yangiliklari, o'tkazilgan tadbirlar va baddiy kechalar institutning veb sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifasi orqali yoritilib borilmoqda. Bundan tashqari Axborot-resurs markazing rasmiy telegam kanalidan foydalanishni tavsiya qilamiz. Axborot-resurs markazing rasmiy telegam kanalida yangiliklar, kutubxona fondiga qabul qilingan yangi adabiyotlar, kitoblarni to'la matnli elektron shakli joylashtirilib borilmoqda.
Institutning veb sayti https://samdchti.uz/uz
telegramdagi rasmiy sahifasi @samdchtijamoasi
Hurmatli proffessor-o’qituvchilar va talabalar!
Axborot-resurs markazi Samarqand shahar Gagarin ko’chasi 43-manzilda joylashgan yangi 7 qavatli binoning 3-qavatida o‘quv zali, ilmiy tadqiqotchilar va izlanuvchilar uchun kompyuter hamda o‘quv xonasi, shu binoning mansardida ikkita o‘quv zali, elektron o‘quv zali, abonement bo‘limlari faoliyat olib bormoqda. Shu munosabat bilan 1-kurs talabalarini ARMga a’zo qilish, yuqori kurs talabalari uchun kitoblarni olish va qaytarish hamda kitobxonlarga xizmat ko’rsatish yangi binoning 3 va 8-qavatida amalga oshirilyapti.
Ingliz tili II fakultetida joylashgan Amerika resurslari markazi deb nomlangan o'quv zalida O'tkir Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asari muhokamasi bo'lib o'tdi. Tadbir davomida asar qahramonlari, ularni asar davomida yoritib berilgan obrazlarini ma'naviy-tarbiyaviy ahamiyati haqida keng so'z olib borildi. Talabalar o'rtasida qizg'in savol-javollar bilan asar qahramonlarining bugungi kundagi o'rnak bo'ladigan xislatlarini ochib berildi. Tadbir Ingliz tili II fakulteti o'quv ishlari bo'yicha dekan o'rinbosari A.Nurmuratov, tyutorlar va fakultet talabalari qatnashdi.
Zulfiya Isroilova (1915-1996) - Oʻzbekiston xalq shoirasi, xalqaro “Nilufar“, Javaharlar Neru nomidagi Davlat mukofotlari sohibasi.
Bahor keldi seni so’roqlab…
Bahor keldi seni so’roqlab…
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
****
Qancha sevar eding, bag’rim, bahorni,
O’rik gullarining eding maftuni.
Har uyg’ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko’zlaringga surtib o’parding uni.