Muallif: Radjabova Zuhro

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Tanlangan mavzuning dolzarbligi ingliz tilidagi olmoshlarning grammatik kategoriya xususiyatlari izohlanadi. Ingliz va o’zbek tillarida  olmoshlarning qiyosiy tahlili  chuqur o’rganishga, unga xos xususiyatlarni tavsiflashga, qolaversa, ularning morfologik xususiyatlarni xam  tavsiflashga ham katta ahamiyat kasb etadi.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishning  oldiga qo’yilgan asosiy maqsad ingliz tilidagi olmoshning   o’zbek va  ingliz tillarida   qiyosiy tahlili  chuqur o’rganishga asoslangan.

         Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot oldiga quyilgan masalalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajarishga e’tibor qaratildi:

  • Ingliz tilida olmoshni grammatik kategoriya sifatida tavsiflash;
  • Olmoshning ingliz tilida sintaktik xususiyatlarini namoyon etish;
  • Olmoshning xususiyatini ko’rsatuvchi asosiy manbalarini  yoritish;
  • Ingliz va o’zbek tillarida olmoshlar bog’likligini tavsiflash.
  • Ingliz va o’zbek tillarida rod kategoriyasini taqqoslash

Tadqiqot obyekti va predmeti. Eng serqirra jabhalaridan biri hisoblangan ingliz morfologiyasi tadqiqot obyektini tashkil etsa, undagi aynan olmoshlarning turlari tadqiqot predmetini tashkil etadi.

Tadqiqot metodlari. Tadqiqot oldiga kuygan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ishda tasviriy va qiyosiy tahlil qilish metodlaridan foydalanildi.

Tadqiqotning nazariy axamiyati. Namoyish etilgan grammatik o’rniga kuyilgan olmoshni  almashtirib bunday xolatda ko’prok  chuqur tilga oid axamiyatini o’ziga xos xilma-xilligi namoyon etildi.

Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishdagi tahlil natijalari asosida nazariy, amaliy, va qiyosiy grammatika fanlarini o’qitishda qolaversa, chet tillarini o’qitish va o’rganish jarayonlarida ham foydalanish mumkin.

Bitiruv malakaviy ishning tuzilishi qo’yilgan vazifalarning ketma-ket izchilligiga asoslanib, u kirish, uch bob, har bir bobga xulosa, umumiy  xulosa va  foydalanilgan ilmiy adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

 

2015-02-24 16:35:30 | ko'rishlar soni: 1951 | Yuklab olindi: 923-marta