Muallif: Jumaniyozova Maxfira

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Tanlangan mavzuning  dolzarbligi fransuz tilida aniqlovchining sintaktik va struktur jihatdan tavsiflashdan iborat ekanligi bilan izohlanadi. Tilning sintaktik qatlamiga mansub aniqlovchi va uning ifoda vositalarini fransuz tili misolida ko’rib chiqish fransuz grammatikasidagi aniqlovchi  hodisasini chuqur o’rganishga, unga xos shakily tuzilish va mohiyatni tavsiflashga, qolaversa, ularni badiiy matnlarda o’qib tushunish va tahlil qilish jarayonida ham katta ahamiyat kasb etadi.

Muammoning o’rganilganlik darajasi. Tilshunoslikda fransuz grammatikasiga doir muammolar avvalambor, L. Tenieyr, V.G. Gak,  Е.А. Referovskaya,  А.К Vasilyeva, T.Y. Nikolskaya, E.K. Goldenberg,   L.I. Iliya,  M.Arrive, F.Godet, M.Galmishlar tomonidan keng tarzda tadqiq  qilingan. Ayniqsa grammatikaning sintaksis bo’limi va gap bo’laklarining o’ziga xos grammatik va sintaktik xususiyatlari batafsil ishlab chiqilgan. Biroq, bizning tadqiqot ishimiz bu xususidagi ma’lumotlarni umumlashtirgan holda ularni sodda misollar, tushuntirishlar va tahlil orqali aniqlovchi va  uning ifoda vositalariga xos xususiyatlarni ma’lum  bir strukturaga  solgan  holda amaliy tarzda izohlash bilan ajralib turadi. Hozirgi kunda aniqlovchining struktur jihatdan turlari bo’yicha bir qator ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Bitiruv malakaviy ishning maqsadi. Ushbu bitiruv malakaviy ishining oldiga qo’yilgan asosiy maqsad fransuz tilidagi aniqlovchi va uning ifoda vositalarining sintaktik va  struktur tavsifi va ularning talqinidan iboratdir.

Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot  oldiga qo’yilgan masalalarni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni  bajarishga e’tibor qaratiladi:

  • fransuz grammatikasiga xos gap bo’laklarining asosiy  mohiyatini namoyon etish;
  • fransuz tili gap bo’laklari o’rtasida aniqlovchi va uning ifoda vositalari  tutgan o’rnini ochib berish;
  • ot, sifat, fe’llar, sifatdosh va predloglarning tilda aniqlovchi vazifasida qo’llanadigan asosiy vositalar ekanligini va ularning aniqlovchilarga xos xususiyatini ko’rsatuvchi asosiy manba ekanligini  namoyon  etish;
  • fransuz tilida aniqlovchining asosiy xususiyatlarini gaplarni tahlil qilish orqali tavsiflash;
  • fransuz tilida aniqlovchi va uning  ifoda vositalariga xos struktur – semantik, sintaktik va grammatik kabi ichki tuzilishini  namoyon  etish.

Tadqiqot obyekti va predmeti.  Tilshunoslikning eng serqirra jabhalaridan biri hisoblashgan fransuz grammatikasidagi  gap  bo’laklari muammosi tadqiqot obyektini tashkil etsa,  undagi aynan   aniqlovchi masalasi esa tadqiqot predmetini tashkil etadi.

2015-02-24 16:23:33 | ko'rishlar soni: 3254 | Yuklab olindi: 1365-marta