Aziz va mo'tabar AYOLLAR!
Sizlarni Bahorning go’zal bayrami 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz!
Sizlarga mustahkam sog’liq va ko’tarinki kayfiyat, kasbingizga omad, oilangizga tinchlik-xotirjamlik va baxt tilaymiz! Xayotingiz yorqin unitilmas lahzalar, sodiq do’stlar bilan to’la bo’lsin.
Aziz ayollar, qalbimizdan, yuragimizdan sizlarga bo’lgan chuqur hurmatimizni izhor etib, Sizlarni shodu-hurramlik, go’zallik va nafosat hech qachon tark etmasligini tilab qolamiz.
Eng yaxshi tilaklar bilan ARM jamoasi!
Onaga
Dunyoning eng mayda zarrachasidan
Koinot atalgan toqiga qadar,
Jismi jon, siymu zar - har ne boyligin
Onaning poyiga tashlasak agar,
Bir kunlik mehnati baholanurmi?
Olamning bor ilmin aylab bir kitob,
Fozilu olimlar to`kib ko`z nurin,
Har qanday savolga topilib javob,
Yechsalar hayotning har neki sirin,
Allaning bir so`zi izohlanurmi?
Yuz imon keltirib Kalomulloga,
Uch bora yaxshilik aylab onaga
Va yana yuz tavba-tazarru qilgach,
Yaxshilik aylasak qavmi otaga-
Bir lahza onaga tenglab bo`lurmi?
Bilmadim, bilmadim, men g`ofil banda
Ona ta`rifiga ojiz qalamim,
Ammo sig`nishni qilmayman kanda:
Ona – hayotimdir, Ona – Vatanim,
Onaga sig`inmay yashab bo`lurmi?
She`rlar og`ushida
She`rlar og`ushida kezasan, dibar,
Mahzun xayollarning kulbasi ko`zing.
Mudratib qo`ydimi g`amgin nolalar,
Tushingga kirdimi zavqli kunlaring?
Labingda tong otmay qo`ydi-ku, jonim,
Hadik achomladi nigohlaringni.
Ishonching tark etib mangu makonin,
Shubhadan orttirding gunohlaringni.
Bu dunyo bag`rida tamasiz bo`lib,
Hech kimsa qolmadi mendan yulmagan.
Bir marta yuzimga boqsang-chi kulib,
Yolg`iz sen qolgansan dushman bo`lmagan.
Eshqobil Vali. Sukunat mulki she`rlar to`plamidan.
