Joriy yilning 28 may kuni Respublika miqyosida “Adabiyotga e’tibor – kelajakka e’tibor” shiori ostida “Kitob bayrami” bo’lib o’tdi.
Kitob bayramida Samarqand davlat chet tillar instituti axborot – resurs markazi o’zining kitob ko’rgazmasi bilan qatnashdi. Ko’rgazmadan 200 dan ortiq kitoblar, ya’ni Prezident asarlari, darsliklar, badiiy hamda chet tilidagi adabiyotlar hamda Samarqand davlat chet tillar instituti professor – o’qituvchilari tomonidan nashr etgan monografiya, darslik, o’quv qo’llanmalar o’rin oldi.
Shuningdek, bayram doirasida o’tkazilgan “Samarqand kitob olami” majmuasining ochilish tadbirida majmuaning “Xorijiy nashrlar” zalida institut talabalarining yapon, koreys, xitoy, rus, nemis, fransuz, ingliz, ispan, italyan, arab xalqlari milliy kiyimlarida mazkur xalqlarning mashhur adiblari kitoblarini o’z tillarida taqdimotini tashkil etishdi.
Ushbu ma’naviy tadbirni o’tkazish doirasida yoshlarni barkamol va yetuk qilib tarbiyalash nazarda tutilgan.