Axborot-resurs markazi jamoasi umumxalq hasharida

#Hashar
Axborot-resurs markazi jamoasi umumxalq hasharida 

Bugun yurtimiz bo'ylab “Mahalla obodligi — yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o'tkazilmoqda.
Erta tongdan markazning barcha bo'limlarida xalqimizga xos bo'lgan qadriyat – hashar ishlari ko'tarinki ruhda boshlandi. O'quv zallari, kompyuter sinflari, talabalar turar joyidagi o'quv zallarida tozalik ishlari olib borildi. ARM o'quv zallarining deraza tokchalari va markaz bo'limlarining kirish foyesi bahoriy gullar bilan boyitildi, tashqi fasad qismlaridagi daraxtlarga shakl berildi.

2022-04-30 14:54:07 | ko'rishlar soni: 515