IIV Samarqand akademik litseyi o'quvchilari SamDCHTIda

IIV Samarqand akademik litseyi o'quvchilari SamDCHTIdagi ochiq eshiklar tadbirida

Joriy yilning 23-aprel kuni Samarqand shahridagi IIV Samarqand akademik litseyi o'quvchilari ochiq eshiklar munosabati bilan Samarqand davlat chet tillar institutida bo’ldi. Litsey o’quvchilari uchun ochiq eshiklar tadbirlarini tashkil etishdan asosiy maqsad ularni kasbga yo’naltirish, oliy ta’lim muassasalariga qiziqishini oshirish va ularning faoliyati bilan yaqindan tanishtirishdir.

Mutasaddilar jarayon davomida litsey o’qivchilariga institutdagi mavjud fakultetlar, ta’lim yo’nalishlari, o’qitiladigan xorijiy tillar hamda ta’lim shakllari to’g’risida batafsil ma’lumot berib o’tdi. O’quvchilar o’quv jarayonlarini kuzatish qatorida talabalar turar joyi va unda yaratilgan sharoitlar, xususan, davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus doirasida talabalar uchun tashkil etilgan kutubxona, kompyuter xonasi hamda musiqa va san’at xonalari bilan yaqindan tanishishdi.

2022-04-27 16:55:15 | ko'rishlar soni: 391