Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir

Shu kunlarda yurtimizda Zahiriddin Muhammad Bobur bobomiz tavalludining 539 yilligi keng miqiyosida nishonlanmoqda.

Shoir, sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur bobomizning badiiy ijodda, ilmda, davlat boshqaruvi va harbiy san’atda obro‘ qozonishi bilan birgalikda millat, xalqaro hamjamiyatning ma’naviy tafakkuridagi yuksalishlarga xizmat qilgan. Bobolarimizning noyob iste’dodi, qoldirgan boy merosi millat nufuzi buyukligini saqlashga, nomini ko‘klarga ko‘tarishga xizmat qiladi.

Shu munosabat bilan instiut fakultetlari, talabalar turar joylaridagi o’quv zallarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag’ishlangan turli tadbirlar bo’lib o’tdi. Tadbirlar davomida shoir ijodiga bag’ishlangan kitoblar ko’rgazmasi, "Bobur ijodi mening talqinimda" nomli g'azal estofetasi tashkil qilindi.

2022-02-15 15:41:56 | ko'rishlar soni: 167