"Kitobxonlik haftaligi" qanday o'tdi
Samarqand davlat chet tillar institutida "Kitobxonlik haftaligi" munosabati bilan bir qancha tadbirlar va kitoblar ko'rgazmasi, taqdimotlar o'tkazildi.
Samarqand davlat chet tillar institutida “Kitobxonlik haftaligi” doirasida institut akademik letsiyi o’quvchilarining Ingliz tili fakultetlari va axborot-resurs markazi sayohati tashkil qilindi. O’quvchilarga Axborot-resurs markazi faoliyati va fakultetlardagi o’quv zallari, talabalarga yaratilgan sharoitlar bilan batafsil tanishtirildi. To'liq tanishib chiqish uchun telegramdagi rasmiy sahifamizda
Axborot-resurs markazi tomonidan institut fakultetlari talabalari o'rtasida "Mening sevimli kitobim" ko'rik tanlovining saralash bosqichi g'oliblari aniqlandi. Final qatnashuvchilari ro'yxati bilan tanishib chiqish uchun havola.
“Kitobxonlik haftaligi” munosabati bilan tashkil qilingan kitoblar ko’rgazmasi. Samarqand davlat chet tillar institutining hovlisida joylashgan “Lingvopark”da institut Axborot-resurs markazi tomonidan “O'zbek adabiyoti durdonalari dunyo tillarida” deb nomlangan kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Tadbirlar davomida Ingliz tili II fakulteti ''Ingliz tilinining integrallashgan kursi'' kafedrasi oʼqituvchisi Аdash Rustamova tomonidan ingliz, rus, nemis, ispan, italyan, polyak, fransuz, portugal tillariga tarjima qilingan “THE MAIN CONCEPTS OF TEACHING ENGLISH PRONUNCIATION IN KINDERGARTENS” deb nomlangan monografiyasining taqdimoti ham oʼtkazildi. To'liq telegramdagi rasmiy sahifamizda facebook ijtimoiy tarmoqda
bizning telegramdagi rasmiy sahifamiz @samdchti_arm