Institut axborot-resurs markazida ARMAT dasturi

Institutimiz Axborot-resurs markaziga respublika oliy o’quv yurtlari orasida birinchilar qatorida ARMAT dasturi o’rnatildi. Bu esa kitobxonlarga qulay va tezkor xizmat ko’rsatish maqsadida ARMAT (Axborot-resurs markazi avtomatlashgan tizimi) dasturi ma’lumot bazasi yaratilmoqda. ARMAT dasturida har bir foydalanuvchini shaxsiy elektron kabineti yaratilib, bu yerda kitoblar uchun buyurtma berish, kitoblarni olish va qaytarib topshirish, kerakli ma’lumotlarni qidirish va ARM xodimlariga maxsus buyurtma qoldirishi mumkin. ARMAT dasturi orqali foydalanuvchilar tarmoqqa ulangan istalagan kompyuterdan o’ziga kerakli bo’lgan ma’lumotlarni masofadan turib olishi mumkin.
ARMAT dasturi interfeysi 3 ta tilda mavjud:
a) O’zbek tilida
b) Rus tilida
s) Ingliz tilida
Bu esa foydalanuvchilar uchun juda qulay bo’lib, u o’zi istagan tilda ma’lumotlarni qidirishi mumkin.
ARMAT dasturi 4 ta avtomatlashtirilgan ish o’rnidan iborat.
1. Kataloglashtiruvchini avtomatlashtirilgan ish o’rni, bu yerda foydalanuvchilarni shaxsiy elektron kabineti yaratiladi. Har bir foydalanuvchi uchun alohida login va parol beriladi. Login va parol orqali kitobxonlarlar o’z shaxsiy kabinetiga kirib foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu shaxsiy elektron kabinetda foydalanuvchi haqida malumot bilan bir vaqtda ARMdan olgan kitoblar va qaytarib topshirmagan kitoblar haqida ma’lumot saqlanadi. Elektron kabinetidan turib ARM fondidan foydalanish imkoniyati yaratilgan.
Bu yerda 2 xil qidirish usuli mavjud:
Oddiy qidirish - keltirilgan bibliografik tasnif bo’yicha qidirish.
Kengaytirilgan qidirish usuli- bunda bir necha so’zlar mantiqiy operatorlar orqali bog’langan holda bajariladi.
2. Kutubxona fondidagi kitoblar elektron bazasini shakllantirish uchun mo’ljallangan avtomatlashtirilgan ish o’rni. Bu avtomatlashtirilgan ish o’rnida kitoblarni elektron katalogi va ma’lumotlar bazasi yaratilib boriladi.
3. Kitob beruvchi va qaytarib oluvchini avtomatlashtirilgan ish o’rni.
Bu yerda kitoblarga buyurtma oladi va olgan buyurtmalarni bajarilgani haqida ma’lumot yuboradi. Bu esa kitobxon buyurtma qilgan kitoblarini qidirilayotgani yoki tayyor ekanligini masofadan turib bilishi mumkin.
4. Administratorni avtomatlashtirilgan ish o’rni. Bu yerda yangi ma’lumotlar bazasini ochish, keraksiz ma’lumotlar o’chirib tashlash, boshqa o’quv yurtlari bazasidan kerakli ma’lumotlarni olish amalarini bajarida.

 

2015-05-26 09:57:13 | ko'rishlar soni: 1797