“Mehr bilan” kitob tuhfasi aksiyasi

“23 aprel – Xalqaro kitob va mualliflik huquqini himoya qilish kuni” munosabati bilan bir martalik “Mehr bilan” kitob tuhfasi aksiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu kun YUNESKOning 1995-yil 28-konferensiyasida e’lon qilingan.

Aksiyani tashkil etishda yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, ARM rahbariyati,  institut professor-o`qituvchilari  tashabbus ko‘rsatishdi. Tadbir davomida ustozlar ustozlarga, ustozlar shogirdlarga va shogirdlar ustozlarga kitob sovg`a qilishdi

Tadbirda “Samarqand kitob olami”, “Sharq ziyokori” kitob do‘konlari ham ishtirok etishdi.

2019-04-23 15:27:34 | ko'rishlar soni: 249