SamDChTIda Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi nishonlandi

2019-yilning 8-fevral kunida Samarqand davlat chet tillar instituti faollar zalida Alisher Navoiy tavalludining 578 yilligi munosabati bilan “Nazm va navo” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut rektori I.Tuxtasinov, Samarqand davlat universiteti professori D.Salohiy, yozuvchilar uyushmasidan T.Tugalov, institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalar jamoasi ishtirok etishdi.

Institut rektori I.Tuxtasinov kirish so‘zi bilan tadbirni ochib berdi. Jumladan, T.Tugalov, D.Salohiy, M.Xolbekov, U.Sanaqulovlar so‘zga chiqishdi. Tadbir davomida badiiy sahna chiqishlari, Navoiy g‘azallari talabalar tomonidan ijro etildi. Tadbirda ishtirok etgan mehmonlar hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirni tashkil qilishda yaqindan yordam berganlar, sahnada faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma va diplomlar bilan taqdirlanishdi.

ARM tomonidan A.Navoiy asarlaridan  ko`rgazma tashkil etildi.

2019-02-09 13:38:55 | ko'rishlar soni: 199