Kitob-qalb gavhari, ko’ngil oftobi

2020 yilning 5 kuni Samarqand shahrida joylashgan A.S.Pushkin nomidagi  axborot-kutubxona markazida “Kitobxonlik haftaligi” kitoblar ko’rgazmasi tashkil etildi.

Haftalikni “Kitob-qalb gavhari, ko’ngil oftobi” mavzusida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, “Zarafshon” va «Самаркандский вестник» gazetalari tahriyati bosh muharriri F.Toshev kirish so’zi bilan ochib berdi.

Samarqand viloyati hokimining o’rinbosari X.Ochilov, O’zbekiston Yozuvchilari uyushmasining Samarqand bo’limi mas’ul kotibi T.Tugalov so’zga chiqib, hammani kitobni sevishga, o’qishga jalb qilishdi. Axborot-kutubxona markazining foyesida kitob va kitobxonlikni targ’ib qilivchi videorolik muntazam ravishda namoyish etib turildi.

Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot-resurs markazi tomonidan turli tarixiy, badiiy adabiyotlar va rus, fransuz, nemis, ingliz tilidagi 50 nomdagi kitoblar bilan ko’rgazma tashkil qilindi. Institut Axborot-resurs markazi tomonidan tashkil qilingan kitoblar ko’rgazmasi barcha xorijiy tilni o’rganuvchi yoshlarni jalb etdi.

2021-04-06 14:55:20 | ko'rishlar soni: 262