Samarqand davlat chet tillar institutida Alisher Navoiyning 580 yilligi keng miqiyosida nishonlandi

Samarqand davlat chet tillar institutida Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud ayyomi joriy yilning 8-fevral kunida "Navoiy yodi-la yashaymiz mudom" shiori ostida tantanali ravishda ma’daniy-ma’rifiy tadbir keng miqiyosida nishonlandi. 

Tadbirni institut rektori I.M.Tuxtasinov kirish so'zi bilan ochib berdi va barchani Alisher Navoiyning 580 yillik tavallud ayyomi munosabati bilan chin dildan muborakbod etdi. Shuningdek, davlat rahbarining “Buyuk shoir va mutafakkir Аlisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash toʼgʼrisida”gi qarorini sharhlab, Navoiy ijodi va hayoti haqida so’z yuritdi.

Jumladan, tadbir doirasida institut talabalari tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari va Navoiy ijodidan g'azallar  ijro etildi. Jarayon so’ngida ushbu tantanani tashkil etishda tashabbus hamda faollik ko’rsatgan talabalar hamda professor-o’qituvchilar maxsus diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanishdi.

 

2021-02-09 16:11:48 | ko'rishlar soni: 266