AZIM SAMARQANDDA KITOB HAFTALIGI

AZIM SAMARQANDDA KITOB HAFTALIGI

“INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2020” haftaligi boshlandi

Joriy yilning 16-20 noyabr kunlari yurtimizda “INFOLIB O‘ZBEKISTON – 2020” IX milliy axborot-kutubxona haftaligi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

16 noyabr kuni Samarqand viloyat axborot-kutubxona markazida kitob haftaligining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Haftalik onlayn shaklda boshlandi. A.Navoyi nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Milliy kutubxonasida asosiy tadbirlar bo‘lib o‘tdi.  INFOLIB kitob haftaligida kutubxonachilar, axborot-resurs markazi mutaxassislari, ziyolilar, olimlar ishtirok etdilar.

Ushbu INFOLIB kitob haftaligida Samarqand davlat chet tillar institutidan axborot-resurs markazi davriy nashrlar va ilmiy-uslubiy bo’lim mudiri Tillayeva Fotima  ishtirok etdi.        

2020-11-17 14:30:15 | ko'rishlar soni: 314