Til – ma’naviyat ko‘zgusi

O‘zbek tiliga davlat maqomi berilganiga 31 yil to‘lishi va ilk marotaba O‘zbekiston Respublikasida “O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash qizg‘in pallaga kirmoqda.

21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Samarqand viloyati bojxona boshqarmasida viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazi xodimlari ishtirokida “Til-ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i, bojxona xizmati polkovnigi Doniyor Yusupov so‘zga chiqib, Ona tilimiz o‘zbek tiliga hukumatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratilayotganligining ahamiyati to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Barchangizga ma’lumki, muhtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev shu yil 10 aprel kuni “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunni imzolagan edi.

Bularning bari bizga o‘zbek tiliga bo‘lgan munosabatimiz haqida yana bir karra jiddiy o‘ylab ko‘rish, ona tilimizga chetdan bir chuqur nazar tashlash, tahlil va tafakkur etish imkoni va mas’uliyatini beradi.

Bu esa bugungi sinovli kunlarda “O‘zbek tili bayrami kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi har qanday sharoitda ham til, umuman, ma’rifat va ma’naviyat masalasi davlatimizning doimiy e’tibor markazida ekanini yana bir bor isbotladi.

O‘tgan yili davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganining 30 yilligi keng nishonlangani, 2019 yil 21 oktyabrda davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi tarixiy farmon qabul qilingani bu boradagi chora-tadbirlarni yanada jadallik bilan rivojlantirishga keng yo‘l ochdi.

Tadbirda viloyat Ma’naviyat va ma’rifat markazidan tashrif buyurgan shoir Xurshid Nurullaev “O‘zbek tilining davlat ahamiyati” xususida va Samarqand davlat Chet tillari instituti Axborot resurs markazi ilmiy-uslubiy bo‘lim boshlig‘i Fotima Tillayevalar esa “Ona tilim, omon bo‘l mangu” mavzusida ma’ruzalar qilishdi.

Shundan so‘ng bojxona xodimlari Ona tilimizga bag‘ishlab yozilgan she’rlarni yoddan aytib berishdi. Tadbirda kitob va matbuot nashrlari ko‘rgazmasi ham tashkil etildi.

Bayram munosabati bilan “Til – ma’naviyat ko‘zgusi” shiori ostida yosh xodimlar o‘rtasida o‘tkazilgan diktant ishi tanlovi g‘oliblari ham munosib taqdirlanishdi.

                             Manba: Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi Axborot ximati

2020-10-14 17:09:29 | ko'rishlar soni: 471