Onlayn davra suhbati

2020 yil 26 avgust kuni Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti tomonidan tashkil qilingan “Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari pandemiya davrida: muammolar va yechimlar va yangi o`quv yiliga tayyorgarlik” mavzusida onlayn davra suhbati tashkil qilindi. Davra suhbatini ToshDShU rektori G.Rixsiyeva  kirish so`zi bilan ochib berdi.  Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg`or texnologiyalarini tatbiq etish markazi direktori Z.Hakimov,  respublikadagi Oliy ta’lim muassasalari Axborot-resurs markazlari tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlili, kitob fondilari va kelgusidagi rejalashtirilgan vazifalar bo’yicha ma’lumotlarni taqdim etdi. Onlayn uchrashuvda masofaviy ta’limda o’quv adabiyotlar bilan taminlash, kitoblarni masofaviy ta’lim platformalariga joylashtirishda mualliflik huquqini inobatga olish va boshqa masalalar muhokama qilindi. Institut Axborot-resurs markazi direktori A.Eshqobilov so'zga chiqib, ARM veb-saytiga joylashtirilgan elektron adabiyotlar, yangi o'quv yiliga tayyorgarlik bo'yicha ma'lumotlar berib o'tdi.  Tadbir davomida  kelgusida bajariladigan ishlar yuzasidan hamkorlik qilish, barcha Axborot-resurs markazi va Axborot-kutubxona markazlarni  yagona tizimga ulash bo`yicha rejalar va takliflar bildirildi.

2020-08-28 14:47:15 | ko'rishlar soni: 534