O'z uyingizdan turib kutubxonadan foydalaning

Samarqand davlat chet tillar instituti  axborot-resurs markazining telegram-kanaliga https://t.me/samdchti_arm  a’zo bo’ling va uyingizdan chiqmagan holda sizga kerakli o’quv adabiyotlari, eng sara badiiy asarlarni mutolaa qiling.

 ARM elektron kutubxonasida 5000 dan ortiq kitob fondi mavjud. Elektron kutubxona – darslik va o’quv qo’llanmalar, ma’ruza matnlari, lug’atlardan iborat. Bundan tashqari badiiy asarlar bo’limida, jahon adabiyoti, o’zbek adabiyoti namoyondalari asarlari va ularning xorijiy tillarga tarjimalari bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bu elektron kutubxonaning yana bir  e’tiborli tomoni chet tillarni o’rganuvchilar va xorijiy tillar yo’nalishida o’qiyotgan talabalar uchun zaruriy mutaxassisligiga oid adabiyotlarni jamlanganligidir.

Samarqand davlat chet tillar instituti  axborot-resurs markazining rasmiy telegram-kanaliga t.me/samdchti_arm  a’zo bo’lib, o’z kutubxonangizni yangi adabiyotlar bilan boyiting.

2020-05-11 11:24:20 | ko'rishlar soni: 975