SamDCHTI rektori talabalar orasida yoxud "Besh tashabbus"

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san'at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularga axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini singdirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga alohida urg‘u bermoqda.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi, zamonaviy AKT hamda o‘quv va ilmiy adabiyotlar bilan tanishishi uchun Samarqand davlat chet tillar institutida keng imkoniyatlar yaratilgan.

Ma‘lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma‘naviy-ma‘rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha beshta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.

Birinchi tashabbus – yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi.

Ikkinchi tashabbus – yoshlarni jismoniy chiniqtirish, sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yo‘naltirilgan.

Uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan.

To‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etishga yo‘naltirilgan.

Beshinchi tashabbus – xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalalarini nazarda tutadi.

Samarqand davlat chet tillar institutining talabalar turar joyida yashovchi talabalar hayoti, ular uchun “Besh tashabbus” doirasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotganliklari bilan institut rektori I.M.Tuxtasinov batafsil tanishib o‘tdi.

2020-02-27 11:50:54 | ko'rishlar soni: 411