Prezident Murojaatnomasi mazmun-mohiyati institut jamoasiga yetkazildi

Joriy yilning 27-yanvar kunida Samarqand davlat chet tillar institutida Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati, ta’limga aloqador o‘rinlari hamda raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish omillari kabilar jamoaga institut rektori tomonidan yetkazildi.

Shuningdek, kun tartibi doirasida quyidagi jihatlarga alohida e’tibor qaratildi:

(Rektor nutqidan)

2021 yilgi xalqaro baholash jarayoniga tayyorgarlik ko‘rish uchun 348 ta tayanch maktabni belgilab, 6 mingdan ortiq o‘qituvchilarning malakasi oshiriladi. Joriy o‘quv yilidan boshlab mutlaqo yangi professional ta’lim tizimi yo‘lga qo‘yilib, 340 ta kasb-hunar maktabi, 147 ta kollej va 143 ta texnikum tashkil etiladi. Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida, Milliy malaka tizimi ishlab chiqiladi. Ushbu tizim 9 mingga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi. Jumladan,

  • Oliy ma’lumot olaman, o‘z ustimda ishlab, ilmli bo‘laman, degan, yuragida o‘ti bor jo‘shqin yoshlarimizning tahsil olishi uchun hamma qulayliklarni yaratishimiz shartligi hamda buning uchun, maktab bitiruvchilarini oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasini 2020-yilda kamida 25 foizga va kelgusida 50-60 foizga etkazilishi lozimligi;
  • Bu borada oliy ta’lim qamrovini oshirish, to‘lov kontraktiga bog‘liq bo‘lib qolmasligi zarurligi;
  • Shuni hisobga olib, oliy o‘quv yurtlariga talabalar qabul qilish davlat grantlarini 2 barobar ko‘paytirilishi;
  • Qizlarimiz uchun alohida grantlar ham ajratiladi. Xotin-qizlar qo‘mitasi ushbu grantlar asosida o‘qitishga nomzodlarni tanlash va saralash mezonlarini ishlab chiqishi kerakligi;
  • Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarini ham optimallashtirilishi, bunda asosiy e’tiborni o‘qishga kirish jarayonlarini soddalashtirish, oliy o‘quv yurtlarida chinakam bilim va tarbiya olishga qaratishimiz kabilar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Misol uchun, ona tili bo‘yicha bilimni baholashning milliy test tizimini yaratish lozim. Yoshlar istalgan vaqtda imtihon topshirib, tegishli guvohnoma olsa, o‘qishga kirayotgan paytda ona tili bo‘yicha qayta sinovdan o‘tishga hech qanday ehtiyoj qolmaydi. Oliy ta’lim standartlari xorijiy tajriba asosida takomillashtiriladi, ta’lim yo‘nalishlari va o‘qitiladigan fanlar qayta ko‘rib chiqiladi. Mutaxassislikka aloqasi bo‘lmagan fanlar soni 2 barobar qisqartiriladi. Oliy ta’limda o‘quv jarayonini kredit-modul tizimiga o‘tkazish talab etiladi. Joriy yildan pedagogik ta’limning 6 ta yo‘nalishi bo‘yicha, o‘qish muddati 3 yil qilib belgilanadi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qish muddati uch yil etib belgilanadi:

 

  1. Musiqa ta’limi
  2. Jismoniy madaniyat
  3. Texnologik ta’lim
  4. Chaqiriqqacha harbiy ta’lim
  5. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
  6. Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda jismoniy tarbiya va sport

 

Oliy o‘quv yurtlariga bosqichma-bosqich akademik va moliyaviy mustaqillik beriladi. Joriy yilda ularning 10 tasi o‘zini o‘zi moliyaviy ta’minlashga o‘tadi. 1-yanvardan quyidagi o‘nta OTMda o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimi sinab ko‘rilmoqda:
 

1. Samarqand davlat chet tillar instituti

2. Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

3. Toshkent davlat yuridik universiteti

4. Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

5. Toshkent moliya instituti

6. Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

7. Toshkent farmatsevtika instituti

8. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

9. Urganch davlat universiteti

10. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti

 

Bundan tashqari, kamida 5 ta oliy ta’lim dargohini konkurs asosida tanlab, nufuzli xorijiy oliy ta’lim dargohlari bilan hamkorlikda, ularning transformatsiya qilinishi boshlanadi. Biz ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini rivojlantirish tarafdorimiz. Joriy yilda matematika, kimyo-biologiya, geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlarni faollashtirib, olimlarga barcha shart-sharoitlar yaratib  beriladi.

  • Shuningdek, ilm-fan sohasida fundamental va innovatsion tadqiqotlar uchun maqsadli grant mablag‘larini ajratish mexanizmini, tubdan qayta ko‘rib chiqilishi;
  • Ilm-fan yutuqlarining elektron platformasi, mahalliy va xorijiy ilmiy ishlanmalar bazasini shakllantirish lozimligi;
  • Har bir oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot dargohi nufuzli chet el universitetlari va ilmiy markazlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishi shartligi;
  • Joriy yilda “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan 700 dan ziyod olimlar, professor-o‘qituvchilar chet elga ilmiy izlanish va malaka oshirish uchun yuborilishi;
  • Kelgusida, grantlar miqdorini 2 barobar ko‘paytirish va tadqiqot yo‘nalishlari ko‘lamini kengaytirilishi;
  • Toshkent shahrida zamonaviy infratuzilmaga ega bo‘lgan “AyTi-park” barpo etilmoqda. U hozirdanoq, o‘zining dastlabki natijalarini bera boshlagan.
  • Bunday “AyTi-park”lar – Nukus, Buxoro, Namangan, Samarqand, Guliston va Urganch shaharlarida ham tashkil etiladi.

Shuningdek, ta’limning barcha bosqichlarida xalqaro andozalarga to‘liq javob beradigan, axborot texnologiyalari joriy etiladi.

O‘tgan yili barcha shahar va tuman markazlarini yuqori tezlikdagi Internetga ulash ishlari yakunlanganini hisobga olib, yaqin 2 yilda barcha qishloq va mahallalarni ana shunday tezkor internet bilan ta’minlanishi kerakligi ham vazifalar qatoriga kiritildi.

Kelgusida bu ishlarni tizimli tashkil etishga bosh-qosh bo‘lish uchun Hukumatda – Bosh vazir o‘rinbosari, vazirlik va idoralarda hamda hokimliklarda esa – alohida o‘rinbosar lavozimlari joriy etiladi.

2020-01-28 09:53:41 | ko'rishlar soni: 342