ARMga tashrif

Institutning bir guruh talabalari  Samarqand viloyati Urgut tumani XTBga qarashli 71-umumta`lim maktabida pedagogik amaliyot o`tkazmoqdalar. Pedagogik amaliyot doirasida institutning  “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi o`qituvchisi Ataullayeva Dilfuza rahbarligida talabalar va maktabning 10-sinf o`quvchilari bilan birgalikda institutning  Axborot-resurs markaziga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida ARM noyob kitoblar fondi, o`quv zallari, elektron kutubxona bilan batafsil tanishtirildi. O`quvchilar o`zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

2019-10-29 13:32:56 | ko'rishlar soni: 467