ARMda navbatdagi yig`ilish

Axborot-resurs markazining navbatdagi yig`ilishida institut rektori I.M.Tuxtasinov, ishlar borqarmasi boshlig`i U.Ishmatov  qatnashdi. Kun tartibining asosiy mazmuni davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusga qaratildi. Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan ishlar bilan tanishdi. Yig`ilish erkin muloqot tarzida olib borildi. I.M.Tuxtasinov  ARM fondini o`quv adabiyotlari, badiiy adabiyotlar bilan taminlashga muhim e`tiborni qaratish lozimligini ta’kidlab o`tdi.  Kun tartibiga qo`yilgan masalalar yuzasidan fikr-mulohazalar, taklif va kamchiliklar o`rganildi. Yig`ilish yakunida takliflar va muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mas`ul xodimlarga vazifalar yuklatildi.

Shu kunning o`zidayoq talabalar turar joyida joylashgan o`quv zaliga qo`shimcha tarzda kompyuterlar ajratish bo`yicha qilingan  murojaat qanoatlantirildi. O`quv zalida kompyuterlar bilan jihozlangan xona tashkil qilindi.

2019-10-08 15:25:53 | ko'rishlar soni: 332