Yozuvchi Azamat Qorjovov tashrifi

Maʼlumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yoʻlga qoʻyish boʻyicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi. 
Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va sanʼatning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, isteʼdodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi. 

Ikkinchi tashabbus yoshlarni jismoniy chiniqtirish, ularning sport sohasida qobiliyatini namoyon qilishlari uchun zarur sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan. 

Uchinchi tashabbus aholi va yoshlar oʻrtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etishga qaratilgan. 

Toʻrtinchi tashabbus yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ular oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish boʻyicha tizimli ishlarni tashkil etishga yoʻnaltirilgan. 

Beshinchi tashabbus xotin-qizlarni ish bilan taʼminlash masalalarini nazarda tutadi. 

Yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish va ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish yuzasidan toʻrtinchi tashabbus boʻyicha Axborot-resurs markaziga yozuvchi  Azamat Qorjovov tashrif buyurdi.  Tashrif davomida talabalar ilm olishi uchun yaratilgan sharoitlar,  o`quv zallari, kutubxona fondidagi  badiiy adabiyot va qo`lyozma asarlar bilan tanishdi. Kitobxonlar bilan tashkil qilingan uchrashuv qiz`gin muhokamalar, savol-javoblar tarzda o`tdi.   Uchrashuv yakunida  Azamat Qorjovov o`z asarlaridan kitobxonlarga sovg`a qildi.

2019-09-23 15:59:02 | ko'rishlar soni: 385