Tarjima, axborot, muloqot — siyosiy va ijtimoiy ko‘prik

Samarqand davlat chet tillar institutida joriy yilning 7-iyun kuni “Tarjima, axborot, muloqot — siyosiy va ijtimoiy ko‘prik” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tmoqda.
Bunda 10 ga yaqin xorijdan, xususan, XXR,  Janubiy Koreya, Yaponiya, Hindiston, Italiya, Indoneziya, Rossiya hamda Misr Arab Respublikasidan tashrif buyurgan tarjimon mutaxassislar o'zlarining ilmiy ma'ruzalarida tinglovchilarga qiziqarli ma'lumotlar yetkazishdi.  Shuningdek, Respublika OTMlari professor-o‘qituvchilari, mustaqil izlanuvchilar, institutning sohaga qiziquvchi magistrant va bakalavr talabalari  ham ishtrok etishdi.
Anjumanda 200 dan ortiq ishtirokchilarning maqola va tezislari o‘zbek, rus va boshqa xorijiy tillarda tinglandi.

Xalqaro anjuman doirasida Axborot-resurs markazi va "Samarqand kitob olami" kitob savdo do`koni hamkorligida so`nggi yillarda chop etilgan "Yangi adabiyotlar ko`rgazmasi" tashkil etildi.

2019-06-07 15:35:22 | ko'rishlar soni: 372