Imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Joriy yilning 28-may sanasida Samarqand davlat chet tillar instituti talabalar turar joyida ARM o‘quv zali ochildi.

Unda institut rektori I.M.Tuxtasinov, ARM direktori A.Eshqobilov, fakultet dekani o‘rinbosarlari hamda talabalar jamoasi ishtirok etishdi. I.M.Tuxtasinov ARM o‘quv zali ochilishi munosabati bilan talabalar jamoasini mamnuniyat ila qutladi hamda endilikda xohlagan talaba bu o‘quv zalida istaganicha mavjud o‘quv adabiyotlari va darsliklardan foydalinishi mumkinligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, imkoniyati cheklangan talabalar o‘rtasida “Eng faol kitobxon” tanlovi ham o‘tkazildi va institut rahbariyat tomonidan tanlov g‘oliblariga kitoblar jamlanmasi sovg‘a qilindi.

2019-05-29 15:25:41 | ko'rishlar soni: 369