Muallif: Siddiqova Zarina

Chop etilgan yil: 2011

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu bitiruv malakaviy ishi yordamchi fe’llar tipologiyasiga bag’ishlangan bo’lib, ingliz va o’zbek tillarida ushbu fe’llarning tasnifi bayon etilgan. Shu bilan birgalikda fe’l uning leksik-semantik guruhlanishi, fe’lga xos kategoriyalarga ham to’xtalib o’tilgan.

Bitiruv malakaviy ishiga tanlangan mavzuning dolzarbligi fe’l so’z turkumi sifatida doimo tilshunoslarning diqqat markazida bo’lgan munozarali holatlarga boyligi bilan izohlanadi., ushbu bitiruv malakaviy ishga tanlangan mavzu ham shular jumlasidandir. 

Ish belgilangan reja asosida bayon etilgan. Ya’ni, ishda kirish, asosiy va xulosa qismlari mavjud bo’lib, kirish qismi ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limida fe’llarning leksik-semantik guruhlanishi, ikkinchi bo’limda esa fe’lga xos umumiy masalalar har ikkala til misolida ko’rsatib o’tilgan. Asosiy qismda esa yordamchi fe’llarning leksik-grammatik xususiyatlari, ular asosan ega va komplementni o’zaro bog’lashga xizmat qilishi, bunday fe’llar o’zining mustaqil ma’nosini qisman yoki butunlay yo’qotishi kabi holatlar bayon etilgan.  Xulosa qismida esa ishning asosiy qismida yuritilgan fikr va mulohazalar jamlanib, aniq xulosalarga kelingan. 

2015-02-19 12:34:16 | ko'rishlar soni: 5887 | Yuklab olindi: 3987-marta