Muallif: Berdiyeva Hilola

Chop etilgan yil: 2011

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ushbu bitiruv malakaviy ishi gapdagi bosh bo’laklardan biri, xususan, kesimni o’rganishga bag’ishlangan. Shuningdek, ingliz tilidagi kesimning ifodalanish usullari va uning gap qurilishidagi semantik xususiyatlari borasida ish olib borilgan. Bitiruv malakaviy ishiga tanlangan mavzuning dolzarbligi shundaki, an’anaviy grammatikada bosh bo’laklar muammosi muhim o’rin egallashi bois, bitiruvchi kesimlarga xos semantik xususiyatlarni ma’lum bir tilshunoslik metodi asosida o’rganishga harakat qilgan.

Ish ketma-ket izchillik asosida tuzilgan rejaga asoslangan xolda yozilgan. Ya’ni, ishda kirish, asosiy qism va xulosa qismlari mavjud bo’lib, kirish qismida bosh bo’laklar muammosi haqida fikr yuritiladi. Asosiy qismda esa kesim vazifasidagi elementlarni morfologik  jihatdan modellashtirish, ya’ni fe’l bilan ifodalangan kesimlarning tasniflanishi, kesimlarning gap strukturasida sintaksemalarga ajratib tahlil qilishga e’tibor karatilgan. Xulosa qismida esa ishning asosiy qismida yuritilgan fikr va mulohazalar jamlanib, aniq xulosalarga kelingan. Kesimning bunday noan’anaviy tahlilida sintaksemalarga ajratib tahlil qilish metodidan foydalanilgan. 

2015-02-19 12:32:13 | ko'rishlar soni: 2987 | Yuklab olindi: 2183-marta