Muallif: Usmonov O.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma shoir Erkin Vohidovning hayoti va ijodini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish uchun ishlab chiqildi.

Dasturda shoir hayoti va ijodining barcha jabhalari qamrab olindi. Uning qismlarida kelayotgan Erkin Vohidov hayoti va faoliyatiga doir ma'lumotlar aniq manbalar asosida yoritib berilgan. Shuningdek, Erkin Vohidov ilgari surgan g'oyalarni talaba-yoshlarga sodda va tushunarli qilib yetkazish maqsadida o'zbek adabiyotshunosligida shoir ijodi tadqiq qilingan asosiy nuqtalarga murojaat qilindi, bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, milliy istiqlol g'oyasi bilan hamohang jihatlar singdirildi.

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma Erkin Vohidov hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-25 14:42:33 | ko'rishlar soni: 1481 | Yuklab olindi: 450-marta