Muallif: Jo'raqulov U.

Chop etilgan yil: 2020

Nashriyot:

Chop etilgan shahar: Toshkent

Mazkur dastur va uslubiy qo'llanma buyuk ma'rifatparvar Abdulla Avloniy hayot yo'li, ijodi va qizg'in ijtimoiy faoliyatini oliy ta'lim muassasalarida o'qitish maqsadida tayyorlangan.

Unda Abdulla Avloniy faoliyatining barcha jihatlari qamrab olingan. Adibning tarjimai holi, ijodiy merosiga doir birlamchi manbalardan foydalanilgan. Uning she'rlari, publitsistik maqolalari, ma'rifiy-badiiy asarlari, shuningdek, ularda ilgari surilgan ijtimoiy-falsafiy, badiiy-estetik g'oyalarni talaba yoshlarga sodda va tushunarli tarzda yetkazish uslubiy qo'llanmaning asosiy maqsadi etib belgilangan.

Dastur va uslubiy qo'llanma Abdulla Avloniy hayoti va ijodini o'rganish yuzasidan o'quv mashg'ulotlarini olib boruvchi oliy ta'lim muassasalarining professor-o'qituvchilari uchun mo'ljallangan.

2020-09-21 10:07:13 | ko'rishlar soni: 1084 | Yuklab olindi: 317-marta