Muallif: Sharipova S.S.

Chop etilgan yil: 2018

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mazkur bitiruv malakaviy ishi zamonaviy ingliz tilini o‘rta maktab o‘quvchilariga tilni o‘rgatishga qaratilganligi bilan alohida ajralib turadi. Shuningdek, bitiruvchi o‘z bitiruv malakaviy ishida ingliz tilini o‘quvchi va talabalarga til o‘qitishning bir qancha samarali yo‘llarining o‘rni haqida fikr va mulohazalarni keltirib o‘tgan.

Ushbu bitiruv malakaviy ish ketma-ket izchillik asosida tuzilgan rejaga asoslangan holda yozilgan. Asosiy qismda esa ingliz tilini o‘rta maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollej o‘quvchilariga tilni o‘rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, darsni samarali tashkil etish, ularga nutq faoliyati turlari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarni shakllantirishda, til materiallarini yanada oson va sodda qilib tushuntirish yo‘llari to‘g‘risida fikrlar keltirilgan. Shuningdek, dars jarayonini o‘quvchilarga qiziqarli o‘tishi maqsadida guruh va juft bo‘lib ishlash usullari, turli ko‘rinishdagi o‘yinlar, ularning bilim, ko‘nikma va malakalarini tekshirish va o‘quvchi-talabalarni dasrdagi ishtirokiga ko‘ra rag‘batlantirish haqida ma’lumotlar keltirilgan.

2018-11-08 16:37:10 | ko'rishlar soni: 1277 | Yuklab olindi: 489-marta