Muallif: Azzamova M.N.

Chop etilgan yil: 2017

Nashriyot: SamDCHTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ishning maqsad va vazifalari. Bitiruv malakaviy ishimizni maqsadi xitoy, ingliz va o’zbek tillaridagi miqdor so’zlarning tuzilishi jihatidan tahlilini ko’rib chiqish, tasniflash, ularning o’ziga xos xususiyatlarini yoritib berish va tilni, tilning o’ziga xosligini ta'minlashdagi ahamiyatini ko’rsatib berishdir. Shuningdek, xitoy, ingliz va tillarida miqdor so’zlarni kengroq yoritib berish va o’zbek tili bilan solishtirgan holda ular o’rtasidagi o’xshashlik va farqlarni ko’rsatib berishdir.

Ishning tahliliy obyekti va predmeti, tadqiqot usullari.

Ishning tahliliy obyekti sifatida xitoy, ingliz va o’zbek tillaridagi miqdor so’zlar tanlandi. Mavzu xarakteridan kelib chiqqan holda, ularning tildagi ahamiyati, o’ziga xos leksik-semantik, struktural va funksional belgilari tahlil etildi.

Ishning predmeti esa mavzu doirasida qalamga olingan va muhokama qilingan barcha muammoli masalalardir. Xususan, xitoy, ingliz va o’zbek tillaridagi miqdor so’zlarni tashkil etgan komponentlarning yakka holda ifodalagan ma'nosi va ularning otlar bilan kelgandan keyin ma'nolardagi o’zgarishlarni farqlash, qiyoslash muammosiga alohida urg’u berildi.

2018-01-20 16:40:11 | ko'rishlar soni: 1484 | Yuklab olindi: 653-marta