Muallif: Alimbekov A.

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

Chop etilgan shahar: Toshkent

   "Turk adabiyoti (XIII-XVIII asrlar)" monografik tadqiqotda turk mumtoz adabiyoti tarixida o’ziga xos o’ringa ega bo’lgan ijodkorlar haqida fikr yuritiladi. O’rta asrlar turk adabiyoti o’quv qo’llanmasi ilk bor yaratilayotgani uchun, muallif qisqacha turk xalq adabiyoti haqida ham ma’lumot beradi. Ushbu monografik tadqiqot Toshkent Davlat Sharqshunoslik institutida davlat ilmiy-texnika dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan F-1-139 «Sharq xalqlari adabiyoti tarixi va janrlar tipologiyasi» nomli ilmiy-tadqiqot loyiҳasi asosida tayyorlandi.

  Bir kitobda butun turk mumtoz adabiyoti namoyandalarini qamrab olish imkoniyati yo’qligi tufayli, avtor XIII-XVIII asrlarga alohida umumiy xarakteristika berib, asosan har bir asrda yashagan mashhur shoirlar ijodi xususida fikr yuritadi.

   Monografik tadqiqotni yozishda turk adabiy manbalari va turk adabiyotshunoslari F. Ko’prulu, A. Qaboqli, A.Tanpinar, S. Kamol Qora Ali o’g’lining, rus sharqshunoslari akad. V. Gordlevskiy, A.V. Garbuzova, I.V. Borolina va boshqa olimlarning ilmiy tadqiqotlaridan foydalanildi.

2017-03-06 15:01:56 | ko'rishlar soni: 2731 | Yuklab olindi: 831-marta