Muallif: Amin Maaluf

Chop etilgan yil: 0

Nashriyot: SamDChTI

Chop etilgan shahar: Samarqand

   Amin Maaluf 1949 yilda tug'ilgan va 1976 yildan beri Fransiyada yashab, fransuz tilida ijod qilayotgan, millati arab bo’lgan fransuz yozuvchisidir. U «Jo’n Afrik» – «Afrika yoshlari» jurnali muharrirlaridan biri ham. Amin Maaluf ijodining asosiy xususiyatlaridan biri - sharq mavzusidir. Uning «Afrika arsloni» /1986./, «Samarqand» (1988), «Nurafshon bog'lar» (1991), «Beatrichadan keyingi birinchi asr» (1992), Gonkur mukofotiga sazovor bo’lgan «Tanios qoyasi» (1993) kabi asarlari fransuzlar tomonidan sevib o’qiladi. Fransuz adibi Jil Demerning fikricha «Amin Maaluf o’zining «Samarqand» asari bilan sharqona romannavislik iste’dodini namoyon qilib, fransuz adabiyotida yangicha bir yo’nalish ocha oldi». Uning o’zbek tiliga birinchi bor o’girilib, e’tiboringizga havola qilinayotgan ushbu romani mashhur olim, shoir va faylasuf Umar Hayyomning Samarqanddagi hayoti, mashhur «Ruboiylar» kitobining paydo bo’lish tarixi, XI asrdagi ijtimoiy–siyosiy hayot talqini, yangi paydo bo’layotgan turli diniy mazhablar kurashi va nihoyat, XIX asrgacha musulmon dunyosida noma’lum bo’lgan bu ruboiylar qo’lyozmasining Ovro’padagi shon-shuhrati, hamda bu qo’lyozmaning 1912 yilda «Titanik» kemasining mash’um halokati oqibatida okean qa’riga cho’kib ketishiga oid qiziqarli sarguzashtlar bayoniga bag'ishlangan. Asar 1988 yilda Parijdagi «Matbuot uyi» mukofotiga sazovor bo’lgan. Bu asar o’zbek kutobxonalarida ham katta qiziqish uyg'otadi degan umiddamiz.

2016-02-22 12:25:19 | ko'rishlar soni: 2618 | Yuklab olindi: 1194-marta