Muallif: Tuvalov Ulug`bek

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Hozirgi vaqtda globallashuv va texnologik asrda kinofilmlar sanoatiga rejissorlar tomonidan katta e’tibor qaratilmoqda. Shu sababli, endilikda ma’lum xalqlarning madaniyati, urf-odatini yoyishda aynan shu sohaga qo’l urilmoqda. Shu bois, xalqlarning badiiy asarlarda aks ettirilgan boy, milliy va tarixiy meroslari “zangori ekran”ga ko’chirilyapdi va ba’zi rejissorlar shu yo’l orqali ma’lum “foyda” olish bilan birgalikda shu xalqlarning tarixiy urf-odatlari, hozirgi hayotini, an’analarini, madaniyatini aks ettirishmoqda. Ushbu mavzuning dolzarbligi deganda, biz avvalombor, hozirgi o’zbek durdona kinofilmlarni jahon ekranlarida namoyish etish, undagi tarjima jaroyinida uchraydigan muammoli masalalarni ko’rib chiqish va o’rganish tushuniladi.    

          Bundan tashqari, kinofilmlarni o’girishda ma’lum nazariy modelini ishlab chiqarishni ko’zda tutganmiz. Buning natijasida esa, kinofilmlarni o’girish masalalari ingliz va o’zbek tillarga tarjima qilingan kinofimlar orqali ishning asosiy qismida misollar orqali ko’rib chiqilgan.

        Mazkur misollarga tayanib, ushbu soha chuqur ilmiy jihatdan o’rganilmaganligini hisobga olgan holda, hozirgi tarjima nazariyasida ushbu kinofilmlarni o’girish nazariyasini tadbiq etish va ma’lum qonuniyatlarni ishlab chiqarish masalalari dolzarb bo’lib qolmoqda.

                 Ilmiy izlanishning maqsad va vazifalari. Ilmiy ishning asosiy maqsadi, o’zbek xalq ijodidagi durdona asarlarini ekran yuziga chiqarish bilan birgalikda, tarjima jarayonidagi holatlarning hali yoritilmagan jihatlarini fanga tadbiq etishdan iboratdir. Bundan tashqari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi Nizomi”ga asoslanib, kelajakda barkamol avlodning ta’lim olishi, yuksak intilishi uchun kerakli qo’llanma yetkazib berish va amalda tadbiq etish.

               Tadqiqot predmeti va ob’ekti. Ushbu bitiruv malakaviy ishimning asosiy ob’ekti bu tarjimashunoslik sohasida o’rganib kelinayotgan barcha umumiy nazariy bilimlar asnosida, ularni kinofilmlar o’girish jarayonida qo’llash bo’lib, predmeti esa tarjima qilish jarayonida uchraydigan leksik, grammatik, stilistik birliklari masalarini yanada chuqur o’rganishdan iborat.

                Tadqiqot metodlari. Bitiruv malakaviy ishimda kinofilmni o’zbek tiliga tarjima qilish jarayonida bevosita tarjima guruhini tashkil etish metodidan foydalandik. Mazkur metod orqali kinofilmlarning tarjima jarayonida uchraydigan masalalar va ularning muammoli holatlari yechimini izlashdan iboratdir.

                Tadqiqotning nazariy ahamiyati. Mazkur ishda ingliz, o’zbek va rus tillaridagi filmlarni o’girishda asl nusxaning barcha ma’nolarini, nutqning obrazligiga, personajlar talqini, so’z o’yinlari, hazil-mutoyiba, qochirma, maqollar va boshqalarni, bundan tashqari  har qanday adabiy tarjimada bo’lgani kabi, aynan asliyatning saqlanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, ekranda o’ynayotgan aktyorning og’iz, lab harakatlari, pauzalar, imo-ishoralar, qosh – ko’z va yuz harakatlariga mos ravishda aks ettirilishini to’g’ri talqin qilish va ularni ifodalashda tarjimashunoslikning barcha birliklarining nazariy jihatlari bilan bog’lab tahlil qilish dolzarb masala.

           Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Bitiruv malakaviy ishdagi tahlil natijalari, amalga oshirilgan nazariy va amaliy kinofilmlar o’girmasi bo’yicha maxsus kurs sifatida yuqori bosqich talabalari uchun qo’llanmalar tuzish va undan foydalanish va tadqiqot materiallari va natijalaridan esa lingivistik tahlil bo’yicha maxsus seminarlarda bir oz bo’lsada foydalanish mumkin deb o’ylayman.

           Biriruv malakaviy ishning asosiy tuzilishi: Bitiruv malakaviy ishim kirish, asosiy qism, uch bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda ilovadan iborat bo’lib, umumiy hajmi 58 betni tashkil etadi.

2015-02-24 16:30:27 | ko'rishlar soni: 6582 | Yuklab olindi: 5287-marta