Muallif: Bakiev Faxriddin

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Mavzuning dolzarbligi. Mamlakatimizda ingliz tili ahamiyatli ekan uni tadbiq etish, har tomonlama chuqur o’rganish ham muhim. O’zbek tilidagi ingliz tili darsliklari kam. Ayniqsa tilning sintaksis bo’limi kam o’rganilgan. Bu bo’lim albatta tarjimada katta ahamiyat kasb etadi.

Ingliz tilida aniqlovchilarning o’ziga xos xususiyatlari, uning artiklga ta’siri haqida izlanish olib borar ekanman, aniqlovchi bo’yicha qator hal etilmagan masalalarga duch keldim. Masalan, “aniqlovchi ikkinchi darajali gap bo’lagimi?” Bu tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashilgan savol.  Mavzuning dolzarbligi yana ingliz tili aniqlovchilarining o’zbek tilida tarjimasida ko’rinadi. Tarjima lingvistika, madaniyatshunoslik, qiyosiy etimologiya, informatika, qiyosiy sotsiologiya va boshqa shu kabi turli xil fanlar bilan uzviy bog‘liq fandir. Ayniqsa uning tilshunoslik bilan aloqasi beqiyosdir. Haqiqatda ham tarjimaning tilshunoslik bilan chambarchas bog‘liqligi ba’zilarni tarjima borasidagi noto‘g‘ri bahs-munozaralarga, masalan, uni tilshunoslikning bir qismi deb talqin etishga olib kelgan. Bunday fikr tarafdorlari tarjimani amaliy yoki qiyosiy tilshunoslikning bir qismi deb hisoblashadi. Strukturalistlar ta’siri ostidagi bu qarash tarafdorlari tilshunoslar tomonidan keltiriladigan kontekstdan tashqari misollarga mos kelmaydigan muloqotning rolini rad etishga urinadilar.

Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu malakaviy ishning asosiy maqsadi ikki soha ya’ni, tilshunoslik va tarjima sohalarini bir-biridan farqlagan holda ularning o‘zaro aloqalarini o‘rganish va ingliz tili aniqlovchilarining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning artiklga ta’sirini aniqlashdan iborat.

Mazkur bitiruv malakaviy ishida ingliz tilidagi aniqlovchilarning sintaktik va semantik xususiyatlari, ularning ifodalanishi, gapdagi o’rni, turlari, ularning artiklga ta’siri va o’zbek tilga tarjima qilish usullari haqida muhokama qilinadi.

Ishning predmeti va obyekti. Sistem tilshunoslik til tizimini, til sistemasini o‘rganadi. Demak ingliz tilida anqilovchilarning o’ziga xos xususiyatlar va artiklga ta’sirini o’rganishda tilshunoslik nuqtai nazaridan yondashiladi va ish shu tarzda olib borildi. Shu bilan birgalikda ularning o’zbek tilida ifodalanishiga ham katta e’tibor qaratildi. Tarjima etika, estetika, stilistika, tilshunoslik, psixolingvistika, madaniyatshunoslik kabi fanlar bilan bog‘liq ekan, ishning predmeti va obyekti nutqiy jarayon, badiiy asarlar hamda turli tillardagi tarjima asarlari hisoblanadi. Tilshunoslik nuqtai nazaridan esa til birliklari ayni shu vazifadadir.

Ishning nazariy ahamiyati. Mazkur bitiruv malakaviy ishning nazariy ahamiyati tilshunoslik fanining sintaksis bo’limi bugunga qadar erishgan yutuqlarini o‘rganish ularni umumlashtirish, uning istiqboli haqidagi nazariy qarashlarni ilmiy tahlil etishga qaratilgan.

Unda aniqlovchi, uning ifodalanishi, gapdagi o‘rni, turlari va ularning artiklga ta’siri, tarjimada ifodalanishi borasida so‘z yuritiladi. Talabalar “aniqlovchi nima?”, “u qanday ifodalanadi?”, “ingliz tilida aniqlovchilarning qanday o’ziga xos xususiyatlari bor?”, “aniqlovchi artiklga qanday ta’sir ko’rsatadi?”, “ingliz tili aniqlovchilarni o’zbek tiliga qanday tarjima qilish mumkin?” kabi savollarga ilmiy asoslangan  javoblar olishadi.

Ishning amaliy ahamiyati. Keyingi yillarda tadqiqotchilar e`tiborini o`ziga ko`proq jalb qilib kelayotgan tilshunoslikning sintaktik bo’limi chuqur lingvistik bilimni talab qiladi. Tarjimada aniqlovchilarni tog’ri ifodalash esa asliyatda ifodalangan zaruriy ma`noni to`la-to‘kis yetkazib berishga xizmat qiladi.

Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, bu malakaviy ishning аmаliy аhаmiyati shundаn ibоrаtki, ingliz tili aniqlovchilarining o’ziga xos xususiyatlari, aniqlovchining artiklga ta’siri haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lib, ularning tahlilini, tаrjimаdа bеrilishini, asosli misollar bilan  yoritish;  mаvzu bo‘yichа talabalar uchun qo‘shimcha yoki asosiy qo‘llanma sifatida o‘zlarining mustaqil ishlarida, referatlarida foydalanish yoki  mа’ruzа mаtnlarigа mаxsus mаvzu sifаtidа kiritish mumkin.

Ishda qo‘llanilgan metodlar. Bizga ma’lumki, biror nutqni tarjima qilishda tarjima qilinayotgan nutq ona tili bilan solishtirilib, qiyoslab tarjima qilinadi. Xuddi shunday ikkita asar ya’ni, asliyat va tarjima asari bilan ishlaganda qiyoslash metodidan foydalanib undagi o‘xshash va farqli tomonlar o‘rganiladi. Ushbu bitiruv malakaviy ishda ham qiyoslash, tahlil qilish va sintаktik jаrаyonlаrni tushuntiruvchi trаnsfоrmаtsiоn mеtоdlardan foydalanildi.

Ishning tarkibi. Mazkur bitiruv malakaviy ish 56 betda ifodalangan mundarija, kirish qismi, uch bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar hamda ilovadan iborat. Kirish qismi yurtimizning o’ziga xos tanlagan yo’li, bunda ingliz tilining ahamiyati, tilni o’rganishda sintaksis bo’liming muhimligi, ingliz tilida aniqlovchilarning o’ziga xosligini o’rganishning dolzarbligi va uning artiklga ta’siri haqida ma’lumot beruvchi yettita tarkibiy qism: ishning dolzarbligi, ishning maqsadi va vazifalari,  ishning predmeti va obyekti,  ishning nazariy ahamiyati,  amaliy ahamiyati,  bitiruv malakaviy  ishida qo‘llanilgan metodlar va ishning tarkibi kabi qismlarni o‘z ichiga oladi.

Birinchi bobda aniqlovchi o’zi qanday gap bo’lagi ekanligi, uning sintaktik, semantik xususiyatlari, o’ziga xos jihatlari, aniqlovchining ifodalanishi va gapdagi o’rni haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Ikkinchi bob aniqlovchining turlari: tasvirlovchi va ajratuvchi aniqlovchi, sitata bilan ifodalanadigan aniqlovchilar, izohlovchilar, ularning turlari va aniqlovchi ergash gaplar va ularning artiklga ta’sirini qamrab olgan. Asosan aniqlovchining artiklga ta’siriga e’tibor berilib, bu turli misollar bilan tahlil etilgan. Bu bobda nisbiy olmoshlarning aniqlovchi ergash gaplarni hosil qilishini hisobga olib ularning ishlatilishiga alohida to’xtalib o’tilgan.

Uchinchi bobda ingliz tilidagi aniqlovchilarning o’zbek tiliga tarjima qilish yo’llari, usullari va bundagi muomolar ko’rib chiqilgan. Ingliz adibi E. Voynichning “So’na” asari aniqlovchilar tarjimasi bo’yicha ingliz, rus va o’zbek tillarida o’zaro qiyoslanib tahlil etilgan.

 

 

2015-02-24 16:26:34 | ko'rishlar soni: 6714 | Yuklab olindi: 2991-marta