Muallif: Salimova Sumbul

Chop etilgan yil: 2014

Nashriyot: Samarqand davlat chet tillar instituti

Chop etilgan shahar: Samarqand

Ma’lumki, tarjima bevosita yoki bilvosita amalga oshiriladi. Hozirgi paytgacha qilingan tarjimalar, masalan, rus adabiyoti namoyondalarining asarlari bevosita, ingliz, nemis, fransuz yozuvchilarining  asarlari esa bilvosita (vosita til) rus tili orqali tarjima qilindi.

Mavzuning dolzarbligi. Tarjima inson ma’naviy xayotini boyitadi, ona tilining imkoniyatlarini ro’yobga chiqaradi, uni serjilo qiladi. Shuning uchun xozirgi payda lingvistikaning eng dolzarb muammolaridan biri tarjimadir.

Bitiruv malakaviy ish mavzusini tanlar ekanmiz o’z oldimizga ingliz tilidan bevosita va bivosita o’zbek  tilidan rus tiliga tarjima qilingan badiiy asarlarni xar tomonlama kurib chikish, taxlil kilish, zarur xollarda ma’lum bir xulosa keltirish, ularni amaliyetga tadbik kilishdagi muammolarni imkon kadar yechishni maksad kilib kuydik.

Masalaning dolzarbligi yana shundaki tarjima jarayenida bir tildagi til birliklarni ikinchi bir tildagi teng kiymatli til birliklariga almashtirish yeki ikkinchi tildagi mukobil variantni berish zarur, aks xolda tarjima g’alaz chikishi mumkin. Albatta tarjimonlik amaliyotidan kelib chiqib shuni taa’kidlash lozimki xar bir tarjimon badiiy asar moiyatini o’ziga xos tushunadi va shu yo’sinda tarjimani amalga oshiradi.

Tadqiqotning maqsadi va vazifalari. Ko’p xollarda tarjima vositali til orqali amalga oshirilganda tushunmovschiliklar yuzaga kelganligi uchun xam tarjima nazariyasida bevosita tarjimaning ustunligini ochib berish maqsadida ushbu masalani chuqkurroq o’rganishni maqsad qilib qo’ydik.

Yuqorida keltirilgan maqsadga asoslangan holda ushbu bitiruv malakaviy ishimizning vazifalarini quyidagicha belgiladik:

1. Tarjimaning rivojlanish bosqichlari va tarixiy negizlarini o’rganib chiqish;

2. Shu davrgacha o’zbek tiliga vositali til orqali ingliz tilidan tarjima qilingan ba’zi asarlarini tarjimasini qiyosiy taxlilini olib borish (Shekspir asarlari misolida);

3. Yorqin misollar yordamida bevosita tarjimaning ustunligini ko’rsatib berish;

4. Ba’zi frazeologik birliklarning tarjimada berilishi muammosini ko’rib chiqish.

Mavzuning amaliy va nazariy ahamiyati. Tanlangan mavzuning ilmiy xulosalardan, amaliy natijasidan, tarjima nazariyasi va amaliyeti kursini utishda, badiiy asarlar tarjimasi fanidan ukuv kullanma yaratishda foydalanish mumkin.

Tadqiqot obyektlari. Tadqiqot obyektlari qilib, ingliz,rus va o’zbek badiiy asarlari, uzbek va rus tarjimonlarining ishlari (Shekspir asarlari misolida), frazeologik birliklar olindi.

Ushbu bitiruv malakaviy ish kirish, uch bob, xulosa va takliflar xamda qo’llanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

 

2015-02-24 16:25:12 | ko'rishlar soni: 7350 | Yuklab olindi: 4394-marta