Fakultetlarda seminar-treninglar

Muhtaram Prezidentimizning “Davlat oliy ta’lim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-sonli va “Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 60-sonli qarorlarining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Samarqand davlat chet tillar institutida qator ishlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu jumladan 11-24 yanvar kunlari fakultetlarda ARM xodimlari tomonidan zamonaviy o’quv adabiyotlari yaratish, talabalarni kitobxonlik tadbirlariga jalb qilish, ularga qulay sharoitlar yaratish bo’yicha seminar-treninglarda tashkil qilindi.

Seminarda ARM xodimlari tomonidan yaratilgan sharoitlar, shu davrgacha qilingan ishlar bo’yicha hisobotlar berildi. Professor-o’qituvchilarga institut hududida qurilayotgan yangi zamonaviy kutubxona binosi haqida batafsil ma’lumot berildi. Kafedra o’qituvchilari tomonidan har bir ta’lim yo’nalishiga mos keluvchi zamonaviy o’quv adabiyotlari, til o’rganuvchilar uchun multimedialar bilan boyitish bo’yicha takliflar berildi

2022-01-24 11:42:04 | ko'rishlar soni: 128