Samarqand davlat chet tillar instituti rahbariyati maktablarga kitob sovg‘a qildi

Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida joriy yilning 28-mart kunida Samarqand davlat chet tillar instituti rektori I.Tuxtasinov, yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor O.G‘aybullayev, ARM direktori A.Eshqobilov, Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti dekani B.Odilovlar birgalikda Samarqand davlat chet tillar instituti akademik litseyiga, Samarqand shahrida joylashgan  45-umumta’lim hamda 51-umumta’lim maktablariga kitoblar sovg‘a qilishdi.
Litsey hamda maktablar rahbariyati Samarqand davlat chet tillar institutiga o‘z minnaddorchiliklarini izhor etishdi.

Har ko‘ngilning orzusi shul erur obi hayot,
Qadrini bilgan kishiga shubhasiz jondir kitob.
Ko‘zning nuri, dil sururi dillarning darmonidir,
Har qorong‘u dilga go‘yo mohitobondir kitob.

2019-04-01 09:16:29 | ko'rishlar soni: 254