Shoir Eshqobil Valining tavallud ayyomi

Bugun, 27-fevral kuni Samarqand adabiy muhitining, jumladan, SamDChTIning yorqin vakili, shoir, yozuvchi va tarjimon Eshqobil Valining tavallud ayyomidir. Eshqobil Vali 1965 yil 27-fevralda Pastdarg‘om tumani Sanchiquli qishlog‘ida tavallud topgan. Shoir “Paxsa”, “Ming ikkinchi kecha”, “Sukunat mulki”, “Askar kundaligi” kabi ko‘plab asarlar yaratgan.

Institut rektori I.Tuxtasinov shoir Eshqobil Valini qutlug‘ tavallud ayyomi munosabati bilan kelgusida ijod ishlariga omad va sermahsullik tilab, jamoa nomidan tabrikladi.

 

2019-02-28 11:03:30 | ko'rishlar soni: 321