INSTITUTDA KITOB YARMARKASI O‘TKAZILMOQDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2017 yil 13 sentyabrdagi  “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to‘g‘risidagi” PQ-3271 sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida institut Axborot-resurs markazida “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi hamkorligida kitob yarmarkasi tashkil etildi. Samarqand shahridagi “Kitob olami” majmuasi ushbu yarmarkada hammuassis-tashkilotchi sifatida ishtirok etmoqda. Yarmarkada respublikamizda chop etilgan eng yangi badiiy adabaiyotlar, ilmiy-ommabop nashlar bilan tanishish va xarid qilish mumkin.

Institut rektorati va ARM jamoasi barcha professor-o‘qituvchilarni, doktorant va magistrantlarni hamda talabalarni kitob yarmarkasiga taklif etadi

2019-01-23 14:17:34 | ko'rishlar soni: 233