“Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovi o’tkazildi

    2017-yil 25-aprel kuni Samarqand davlat chet tillar institutuida ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, axborot resurs markazi hamda ijtimoiy fanlar kafedrasi tomonidan “Yilning eng yaxshi kitobi” tanlovining final bosqichi o’tkazildi.

   Tanlovda ingliz tili fakultetidan Abdurasulova Gulmira, roman-german tillari fakultetidan Rahmatullayeva Guljahon, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakultetidan Hasanova Dilafruzlar ishtirok etishib, 3 ta, ya’ni “Kitob tafakkur xazinasi”, “Bir asar muhokamasi”, “Sahnaga ko’chgan badiiyat” shartlari bo’yicha bellashdilar.

   Ishtirikchilarning chiqishlari Hakamlar Hay’ati tomonidan baholab borildi hamda yakunda roman-german tillari fakulteti talabasi Rahmatullayeva Guljahon 1-o’rinni, tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Hasanova Dilafruz 2-o’rinni, ingliz tili fakulteti talabasi Abdurasulova Gulmira 3-o’rinni egallashdi.

   Tanlov davomida 23-aprel – “Xalqaro kitob kuni” munosabati bilan ingliz tili fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan taqdimot namoyish etildi hamda o’qituvchilar A.Azizova, L.Abdullayeva, kafedra mudiri D.Amriddinovalar kitob o’qishning ahamiyati to’g’risida ozlarining  fikrlarini bildirib o’tishdi.

   Tanlov so’ngida g’oliblar tashkilotchilarning diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlanishdi.

2017-04-26 12:54:57 | ko'rishlar soni: 906