Mutolaa madaniyati intellektual salohiyatni belgilab beradi

   Barkamol avlodni voyaga etkazishda kitobning -tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Binobarin, aynan -mutolaa insonga bilim va axborot beradi, uning ma’naviy olamini boyitadi. Yaxshi kitob eng murakkab savollarga javob topishda beminnat dastyordir.

   “NOP World” xalqaro reyting agentligi ma’lumotlariga ko’ra, dunyoda odamlar haftasiga 16,6 soat vaqtini televizor ko’rishga sarflasa, 8,9 soatni kompyuter qarshisida o’tkazadi, 6,5 soatni esa mutolaaga ajratadi. 2016 yilda haftasiga eng ko’p kitob o’qiydigan mamlakatlar ro’yxatida Hindiston — 10,7, -Tailand — 9,4, Xitoy — 8, Filippin — 7,6, Chexiya — 7,4, Rossiya — 7,1, Shvestiya — 6,9, Franstiya — 6,9 va Vengriya — 6,8 soat bilan yuqori o’rinlarni egalladi.

   Noshirlik faoliyati rivojlanib, kitob mutolaasi yanada ommalashib borayotgani muloqotning audio, video vositalari, radio, televidenie, axborot-kommunikastiya tarmoqlari hayotimizdan chuqur o’rin egallashi bilan odamlarda kitob o’qishga qiziqish yo’qoladi, degan fikr xato ekanligini ko’rsatmoqda. Shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining yangi turlari paydo bo’lishi natijasida kitobxonlik birmuncha pasaygan bo’lsa-da, matbuot odamlarda kitob mutolaasiga qiziqishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

   Qator agentliklarning jahonda kitobga bo’lgan talabni o’rganishi shuni ko’rsatdiki, so’nggi 30 yilda bir nomdagi kitob mahsulotlarini chiqarish uch baravar, adadi bo’yicha 4 baravar ko’paydi. Bugungi kunda dunyoda har yili qariyb bir million nomda kitoblar chop etiladi. Masalan, AQShda kishi boshiga 10 ta, Rossiyada 9,5 ta, Fransiyada 5 ta, Xitoyda 3,5 ta kitob bosilmoqda.

   Mamlakatimizda noshirlik ishining zamonaviy huquqiy asoslari yaratilgan. O’tgan davr mobaynida 10 dan ortiq qonunlar, 30 dan ziyod qonunosti hujjatlari qabul qilindi. 1 ming 677 ta matbaa korxonasi, 118 ta nashriyot davlat ro’yxatiga olindi. Ilg’or texnologiyalar bilan jihozlangan Alisher Navoiy nomidagi O’zbekiston Milliy kutubxonasi, 14 ta viloyat axborot-kutubxona markazi, tuman markazlari va shaharlardagi ta’lim muassasalarida 200 ga yaqin axborot-resurs markazi aholiga axborot-kutubxona xizmatlari hamda “Kitob olami”, “Sharq ziyokori” va “O’zdavkitobsavdota’minoti” majmualari tomonidan esa kitob savdosi xizmati ko’rsatish yo’lga qo’yilgan. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi huzurida tashkil etilgan “Ijod” jamoat fondi yozuvchi va shoirlar, ayniqsa, yosh ijodkorlarning ¬birinchi kitoblarini ko’p ming nusxada nashr etmoqda.

   Bugungi kunda jamiyatda kitobning ma’naviy hamda axloqiy ozuqa, madaniyat va til ravnaqi uchun asosiy manba, avlodlardan-avlodlarga o’tib kelayotgan intellektual meros sifatida mavqei hamda ahamiyatini saqlash va hatto tiklashga ehtiyoj sezilayapti. Avvalo, badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy hamda jahon adabiyoti namoyandalarining asarlarini saralash, tarjima qilish ishlarini puxta o’ylangan tizim asosida tashkil etish lozim. Bundan tashqari, yosh avlodning kitobga bo’lgan qiziqishini rag’batlantirish kerak.

   Mutolaaga qiziqish susayishi, o’z navbatida, aholi savodxonligi darajasi pasayishi jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishi uchun katta tahdidlardan sanaladi. Shuning uchun ham ko’plab rivojlangan mamlakatlarda bu salbiy holatning oldini olishga qarshi qat’iy chora-tadbirlar ko’rilmoqda. Umummilliy kompleks dasturlar ishlab chiqilayotir. Ularda davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari, kutubxonalar, ta’lim muassasalari, ta’lim, ilm-fan va tadbirkorlik sub’ektlari, sohadagi fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari sa’y-harakatlarini birlashtirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni ko’rish ko’zda tutiladi. Bunda kitobxonlikning qadri va ahamiyati haqida ijtimoiy ongni shakllantirish, aholi turli qatlami o’rtasida mutolaa madaniyatini manzilli qo’llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, noshirlik faoliyatini takomillashtirish, jamiyatning intellektual, ma’naviy va madaniy ehtiyojlariga to’liq javob beradigan kitob bozorini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dunyo tajribasiga ko’ra, bunday maqsadli dasturlar hamda konstepstiyalar qabul qilinishi ijobiy natija beradi.

   Shu ma’noda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi farmoyishi bu borada yuzaga kelgan muammolarni kompleks hal qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Hozirgi kunda maxsus ishchi guruh Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqmoqda. Bu jarayonda kitobxonlikni ommalashtirish, unga bolalar va yoshlarni kitobga oshno qilish, respublikamiz -kutubxonalarida mutolaani rag’batlantirish, kitobxonlik va kitob savdosini rivojlantirish, soha uchun kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, kitob o’qish holatini monitoring qilish bo’yicha chora-tadbirlarga alohida urg’u berilmoqda.

   Kitobxonlikni ommalashtirish maqsadida keng aholi qatlamini kitob mutolaasiga jalb qilish va ularni kitob bilan ta’minlash bo’yicha ommaviy tadbirlar, xayriya akstiyalarini tashkil etish, ijtimoiy reklamalardan unumli foydalanish, o’zbek hamda jahon adabiyotining, taniqli mualliflarning mumtoz va zamonaviy badiiy asarlarini targ’ib qilish, ushbu sohada jamoatchilik tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash, ko’ngillilar (volontyorlik) harakatini rivojlantirish, kitobxonlik muammosining keng jamoatchilik muhokamasini, shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlar hamda internet imkoniyatlaridan keng foydalangan holda tashkil etish bo’yicha aniq ishlar olib borilishi ko’zda tutilayotir.

   Shuni qayd etish kerakki, bolalarni kitobga oshno qilish, ularni o’qishga muhabbat ruhida tarbiyalash, o’smirlar va yoshlar ongiga kitob mutolaasi o’z maqsadiga erishish hamda jamiyatga ijtimoiy moslashishda ta’sirchan va nufuzli vosita ekanligini singdirish bugungi kundagi dolzarb vazifalardan sanaladi. Shularni hisobga olgan holda, dasturga bolalar hamda o’smirlar uchun kitob nashr qilinishi, shu jumladan, maxsus elektron kitoblar ishlab chiqarilishini qo’llab-quvvatlash, bolalar va maktab kutubxonalari fondlarini modernizastiyalash hamda yanada yaxshilash, bolalar va o’smirlarning kutubxonalar, maktabdan tashqari hamda yozgi mutolaalarini rag’batlantirish, oilaviy kitobxonlik an’analarini tiklash va ommalashtirish, bolalar hamda o’smirlar adabiyotining eng yaxshi namunalarini targ’ib qilish, o’z ona tilida kitob o’qishni rag’batlantirish bo’yicha chora-tadbirlar kiritilmoqda.

   Kutubxonalar yangi axborot-kommunikastiya texnologiyalarini joriy qilish, ularning -moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, kitob fondini yanada yaxshilash hisobiga modernizastiya qilinadi. Uzoq aholi punktlarida yashaydigan hamda kutubxonalarga borish imkoniyati cheklangan fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida ko’chma kutubxona xizmatini rivojlantirish, kutubxonalararo abonoment va hujjatlarni elektron etkazib berishni, kutubxona resurslaridan masofaviy foydalanishni yo’lga qo’yish, ushbu ziyo maskanlarida individual, guruh hamda ommaviy kitobxonlikni tizimli ravishda tashkil qilishni rivojlantirish, mutolaa madaniyatini tarbiyalash, yuksak badiiy asarlarga oshno tutintirish, mamlakatimizdagi kutubxonalar imijini yaxshilash bo’yicha aniq mexanizmlar ¬taklif etilayapti.

   Sohada kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini hamda mutolaa infratuzilmasini rivojlantirish, kitob madaniyati tarixi va zamonaviy tendenstiyalari haqida fundamental, amaliy tadqiqotlar olib borish, aholi turli qatlami, ayniqsa, kitob mutolaasidan birmuncha yiroq bo’lganlar o’rtasida kitobxonlikni targ’ib qilish strategiyasi hamda taktikasini ishlab chiqish ham dolzarb vazifalardan hisoblanadi.

   Bu chora-tadbirlar, avvalo, aholining kitobxonlik madaniyatini oshirishga, kutubxonalarni yanada yangilashga, ijtimoiy -ahamiyatga ega bo’lgan adabiy asarlar sonini ko’paytirish va sifatini yaxshilash, kitob mahsulotlari tarqalishi hamda etkazib berilishi tizimini rivojlantirishga qaratilgandir.

   Jamiyatda kitobxonlikning o’sishi, avvalo, shaxsning ma’naviy va axloqiy yuksalishi omilidir. Bu esa xalqimizning intellektual salohiyati o’sishiga, inson resurslari sifati oshishiga, respublikamizning ijtimoiy-iqtisodiy hamda innovastion taraqqiyotiga xizmat qiladi.

   Abdulaziz ABDULLAEV,

   O’zbekiston mustaqil bosma ommaviy axborot vositalari

   va axborot agentliklarini qo’llab-quvvatlash va

   rivojlantirish jamoat fondi direktori.

   manba: https://www.kun.uz

2017-03-10 14:17:53 | ko'rishlar soni: 547