Zulfiyaxonim tavallud topgan kun

   Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot – resurs markazi o’quv zalida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ibot qilish bo’yicha komissiya tuzish to’g’risida”gi 2017 yil 10 yanvardagi 4789-sonli farmoyishini ijro etish bo’yicha tadbirlar doirasida O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiya tavallud topgan kunga bag’ishlab ma’naviy - ma’rifiy tadbir bo’lib o’tdi.
   Tadbirda institut ma’naviy – ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektori H.D.Norqulov, ARM direktori, yozuvchi va shoir Eshqobil Vali, arab tili va tilshunoslik kafedrasi mudiri, dosent Abduraim Turobov, Misr Ali Asqar universiteti professori Hoshim Ismoil ishtirok etib ma’ruza qildilar.

   Tadbir mushoiraga ulanib ketdi. Ma’naviy tadbirni o’tkazishdan maqsad yoshlarni buyuk o’zbek shoirasi Zulfiyaxonim xotirasiga xurmat bajo qilish asnosida yoshlarni kitobga va kitobxonlikka jalb etish, ularning bo’sh vaqtlarini samarali va sermazmun o’tkazishlariga ko’maklashishdan iborat bo’ldi.

2017-03-10 13:40:01 | ko'rishlar soni: 393