Mirzo Bobur: Kim ko’ribdur ... ahli jahondin yaxshilig’...

   14 – fevral buyuk mumtoz shoir, adabiyotshunos, geograf, tarixchi, davlat arbobi va sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kunining 534 yilligiga bag’ishlab Samarqand davlat chet tillar instituti Axborot – resurs markazi o’quv zalida an’anaviy ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

   Tadbirda ARM direktori, ustoz yozuvchi va shoir Eshqobil Vali, O’zbekiston radiokanalining Samarqand viloyati va mintaqaviy  maxsus muxbiri taniqli jurnalist-shoir To’lqin Siddiq,  arab tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri f.f.n.dosent A.Turobov, institut ma’naviy-ma’rifiy bo’limi  boshlig’i I.Mamasoliyev, pedagogika fani o’qituvchisi I.Turobov qatnashdilar hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodi yuzasidan ma’ruza qildilar. Tadbirda Axborot - resurs markazida Zahiriddin Muhammad Boburning asarlari, g’azallarining o’zbek, rus tillaridagi nashrlari o’rin olgan ko’rgazma tashkil etildi.

   Bobur shaxsiyati, ijodi va faoliyati bizdan hali yana ko’p o’rganishni, tadqiqotlar o’tkazishni taqozo etadi – ishtirokchilar buni alohida ta’kidlashdi.

   Tadbir mushoiraga ulanib ketdi. 

Manba:Samdchti.uz

2017-02-15 13:56:37 | ko'rishlar soni: 542